Suriya hukumati va muxolifati Moskvada muzokarada

  • Amerika Ovozi

Suriyada janglar

Suriyada janglar

Moskvada Suriya muxolifati va hukumati vakillari Rossiya homiyligida muzokara boshladi. Tomonlar salkam to'rt yildan beri davom etayotgan fuqarolik urushiga chek qo'yishga umid qilmoqda. To'rt kunlik muloqotdan asosiy maqsad BMT vositachiligida tinchlik anjumaniga kelishish. Bungacha tomonlar Jenevada ikki bor gaplashgan, ammo biror natijaga erishmagan.

Ayrim kuzatuvchilar Moskva uchrashuvlaridan ham ko'p narsa kutmayapti. Asosiy muammo Suriya hukumatiga qarshi kurashayotgan muxolif kuchlarni bir pozitsiyaga kelishtirish.

AQSh jurnaliga bugun bergan intervyusida Suriya Prezidenti Bashar Assad har bir urushning yechimi siyosiy bo'ladi, deb aytdi. Unga ko'ra, hukumat Qatar, Saudiya Arabistoni yoki G'arb davlatlari tomonidan nazorat qilinayotgan qo'g'irchoq muxolifat emas, haqiqiy muxolifat bilan gaplashishga tayyor.

Assad nazarida muxolif kuchlarning bir qismi al-Qoidaga birikkan yoki Suriya armiyasiga qaytib qo'shilgan.

Suriya rahbari Turkiya, Saudiya Arabistoni va Qatarni BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini buzib, "Islomiy davlat" va al-Qoidaga aloqador Nusra fronti jangarilarini qo'llab-quvvatlayotganlikda aybladi. Turkiya orqali isyonchilar safiga yangi odamlar qo'shilmoqda, deydi Assad.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG