Amerika Kremlning Suriyadagi harakatlaridan hayron emas

  • Amerika Ovozi

"Rossiya doim borini aytib kelgan", - deydi Markaziy razvedka idorasi rahbari Jon Brennan. "Suriyada harbiy mutaxassis va aslaha yuborilganini bilamiz", - dedi u Vashingtonda razvedka va xavfsizlik mutasaddilari bilan uchrashuvda.

Amerika razvedka va xavfsizlik rasmiylarining aytishicha, Rossiya Suriyada harbiy salohiyatini oshirayotganiga ajablanmasa bo'ladi. Biroq Moskva tobora agressiv pozitsiyani egallayotgani xavotirli, deydi ular.

"Rossiya doim borini aytib kelgan", - deydi Markaziy razvedka idorasi rahbari Jon Brennan. "Suriyada harbiy mutaxassis va aslaha yuborilganini bilamiz", - dedi u Vashingtonda razvedka va xavfsizlik mutasaddilari bilan uchrashuvda.

Moskva askar va qurol jo'natilishiga ikki sabab keltirmoqda, deydi Brennan.

Birinchidan, Suriyada isyonchilardan qattiq zarbalar olayotgan ittifoqchi prezident, Bashar al-Assad hukumatini qo'llab-quvvatlash.

Ikkinchidan, Rossiya hududda "Islomiy davlat" deya tanilgan terror guruhi tobora kuchga to'lib borayotganidan xavotirda.

Bu xavotirlarning faqat birini tushunamiz va qo'llaymiz, dedi Brennan. Rossiya bilan gaplashib, "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda birlashish masalasini muhokama qildik, deydi u.

Suriya g'arbida Rossiyaning harbiy-dengiz bazasi joylashgan. Rossiya harbiylari hozir faqat o'sha hududda harakat qilmoqda, deydi Amerika razvedka mutasaddidlari.

Biroq Amerika razvedka mulozimlaridan yana biri, Robert Kardilloning aytishicha, Moskva uchun Suriya muhim strategik nuqta, hamkor hisoblanadi.

Kremlning izohlashicha, Rossiya harbiy maslahatchilari Suriyada rus qurol-aslahasidan foydalanishni o'rgatmoqda va jangga kirmoqchi emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG