AQSh: Rossiya Suriyada tinch aholini bombardimon qilayotgani xavotirli

  • Amerika Ovozi

Suriyadagi rus harbiy bazasi

Suriyadagi rus harbiy bazasi

Qo'shma Shtatlar nazarida Rossiya Suriyadagi havo hujumlarida yuzlab oddiy fuqarolarni qirayotgani haqidagi xabarlar nihoyatda xavotirli. Suriyaning eng zaif qatlamiga bunday hamlalar mamlakatda siyosiy murosani yanada qiyinlashtirishi mumkin.

Davlat departamenti matbuot kotibi Mark Tonerning aytishicha, kelasi oygi xalqaro muzokaralar oldidan siyosiy murosani tezlatish uchun hozir bor kuch ishga solinmoqda. Suriyada jang qilayotgan hamma tomonlar hissa qo'shishi kerak bo'ladi bunga, deydi u.

Huquq faollarining aytishicha, Rossiya havo hujumlari oddiy fuqarolar yashovchi mahallalariga to'g'ri kelayapti. Tonerning so'zlariga ko'ra, Amerika bosh diplomati Jon Kerri bu xavotirlarni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefonda muhokama qilgan.

Sentabrdan beri Suriyadagi urushga tortilgan Moskva bu tanqidlarni qat'iyan rad etadi.

Tonerning aytishicha, o'tgan hafta isyonchilar sardori Zahran Allush kimning qo'lidan, Rossiya yoki Suriya armiyasi qo'lidan o'lgani noma'lum. Biroq uning o'limi tinchlik yo'lidagi sa'y-harakatlarga halaqit berishi mumkin, deydi u.

Rossiya Suriya rahbariyatini qo'llab-quvvatlab keladi va havo hujumlari bilan Assad ma'muriyatiga dalda bermoqda, deydi Toner. Demak, muxolif isyonchi guruhlarning shafqatsiz bombardimon qilinishiga Rossiya ham hissa qo'shgan, deydi Davlat departamenti matbuot kotibi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG