Arab Ligasi va Yevropa Ittifoqi Suriyani sanksiyalar bilan "siylamoqda"

  • Amerika Ovozi

Arab Ligasi majlis qilyapti

Arab Ligasi majlis qilyapti

Arab Ligasi a'zo davlatlar hududiga kirishi taqiqlangan suriyalik 17 rasmiyning nomini e'lon qildi. Ular orasida Suriya prezidenti Bashar al-Assadning ukasi ham bor.

U mamlakatning eng badavlat tadbirkorlaridan bo'lib, vazirlar mahkamasida ham yuqori lavozimlardan birini egallaydi. Yakshanba kuni Doxada liga majlis qilib, Suriya masalasini yana bir bor ko'rib chiqadi.

Bugun Yevropa Ittifoqi ham Suriyaga qarashli yana 11 tashkilot va kompaniya hamda 12 rasmiysini qora ro'yxatga qo'shgan. Ularning Yevropa Ittifoqiga kirishi taqiqlanadi, Yevropadagi mulklari muzlatiladi.

Kecha ma'lum bo'lishicha, Suriya hukumati namoyishlarda qatnashgan, ammo qotillikka qo'l urmagan 912 kishini qamoqdan ozod etdi. Ammo mamlakatda zo'ravonliklar tinmayapti. Huquq faollarining aytishicha, bugun Suriya bo'ylab 13 odam xavfsizlik kuchlari o'qidan o'lgan. BMT hisobicha, yil boshida namoyishlar boshlanganidan beri salkam to'rt ming suriyalik nibud bo'lgan.

Juma kuni BMTning Inson huquqlari kengashi Jenevada Suriyadagi ahvolni muhokama qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG