Yevropa Ittifoqi Suriyaning yana besh rasmiysini qora ro'yxatga kiritdi

  • Amerika Ovozi

Zo'ravonliklar avj olayotgan Suriyaning Hama shahri

Zo'ravonliklar avj olayotgan Suriyaning Hama shahri

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosatga mas'ul rasmiysi Ketrin Eshtonning bildirishicha, Suriyada namoyishlarni bostirishga aloqador yana besh rasmiyning Yevropadagi mulki va hisob raqamlari muzlatilib, viza berilishi taqiqlanadi. Ularning ismlari oshkor etilmayapti. Bugunga qadar qora ro'yxatda 30 dan ziyod davlat arbobi bor, jumladan prezident Bashar al-Assad.

Britaniya hukumati xalqaro hamjamiyatni Suriyaga nisbatan bosimni oshirishga chaqirmoqda. Kecha xavfsizlik kuchlari Hama shahrida 80 kishini o'ldirib, bugun ham tanklar yordamida hukumatga qarshi faollarni o'qqa tutgan.

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeygning aytishicha, sanksiyalarni kuchaytirish lozim, ammo harbiy aralashuv ham ehtimoldan xoli emas.

Rossiya Suriyada aholiga qarshi zulmdan xavotirda ekanini bildirib, tomonlarni zo'ravonliklarni bas qilishga chaqirgan.

Prezident Obamaning aytishicha, al-Assad hukumatining o'z xalqiga bunday munosabati tuzumning asl tabiatini namoyish etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG