Breaking News

Pentagon Suriyada "Jabhat al-Nusra" agenti o'limini tasdiqladi


Abu Firas al-Suriy, "Jabhat al-Nusra"ning 3-aprel kuni yo'q qilingan so'zlovchisi
Abu Firas al-Suriy, "Jabhat al-Nusra"ning 3-aprel kuni yo'q qilingan so'zlovchisi

AQSh Mudofaa vazirligining tasdiqlashicha, o'tgan hafta Suriyada AQSh havo hujumida "Jabhat al-Nusra" jangari guruhining bir necha a'zosi, jumladan nufuzli agenti Abu Firas al-Suriy halok bo'lgan.

Pentagon matbuot kotibi Piter Kukning aytishicha, 1980-yillarda Afg'onistonda Sovet qo'shinlariga qarshi jang qilgan al-Suriyning o'limi "Al-Nusra fronti"ga jiddiy zarba bo'ldi.

"Islomiy davlat" va unga o'xshash guruhlar Suriya va Iroqda mag'lub bo'lmoqda", - deydi San-Antoniodagi Trinity kollejida (Texas shtati) Suriya bo'yicha tahlilchi Deyvid Lesh.

Unga ko'ra, Suriya armiyasi Qaryatayn va Palmirani jangarilardan ozod etganidan so'ng "Islomiy davlat"ning mavqei yanada zaiflashdi.

Amaliyotlarda hukumat kuchlariga Rossiya va Eron hamda Liviyaning Hizbulloh harakati yaqindan yordam bermoqda.

Duhanba kuni Jenevada Suriya tinchlik muzokaralarining navbatdagi davrasi o'tkaziladi. BMTning Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura kecha Moskvada bo'lib, Prezident Vladimir Putin bilan jarayon istiqboli haqida gaplashgan.

Muxolifat Bashar Assadsiz hukumat tuzishni taklif etmoqda, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Moskvani Assaddan voz kechishga ko'ndirishga harakat qilmoqda.

"Assad mamlakatni birlashtira olmaydi. U hokimiyatda ekan, urush tugamaydi", - deydi Kerri.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG