Bashar al-Assad va'dalarini bajaradimi?

  • Amerika Ovozi

Damashq ko'chalarida

Damashq ko'chalarida

Suriya qurolli kuchlari bugun shimoldagi Rama shahriga kirib borar ekan, yana yuzlab fuqaro Turkiyaga qochish harakatida.

Bashar al-Assad ma’muriyatini qoralovchi BMT rezolyutsiyasiga “yo’q” degan Rossiya bu mamlakat fuqaro urushiga tortilayotganini tan olmoqda.

Qo’shma Shtatlar kuni kecha Damashqda ziyolilar va muxolifat yig’ilib, zo’ravonliklarni to’xtatish haqida gaplashib olganini ijobiy baholaydi. Bunday muloqot Suriyada so’nggi 10 yilda ilk marotaba o’tkazilishi. Hukumat majlisga mone bo’lmagani ortida qanday sabablar yotganini bilish qiyin.

Damashq ko'chalarida

Damashq ko'chalarida

AQShning Suriyadagi elchisi Robert Ford ham g’alayonlar boshlanganidan beri ilk bor prezident maslahatchilari bilan uchrashgan.

So’nggi kunlarda bir necha shaharlarda fuqaro erkin namoyish etgani qayd etiladi.

AQSh Davlat departamenti so’zlovchisi Viktoriya Nuland “prezident Bashar al-Assaddan yanada jiddiyroq qadamlar kutamiz”, - deydi.

Prezident Bashar al-Assad

Prezident Bashar al-Assad

“Al-Assad vaziyatni o’nglash uchun nima qilish kerakligini yaxshi biladi. Amerika boshidan aytib kelgan, islohotga yo’l oching yoki yo’ldan qoching. Oppozitsiya vakillari poytaxtda uchrasha olgani ijobiy qadam. Hukumat ular bilan yuzma-yuz gaplashishi kerak”, - deydi diplomat.

Suriya hukumatining qayd etishicha, prezident Assad milliy dialog boshlash va’dasini bajaradi. 10 iyul kuni muxolifat yetakchilari u bilan ko’rishishi mumkin. Biroq mahalliy faollar hozirgacha 1400 odamni qirgan tuzumning siyosiy nayrangi deb biladi buni.

Bashar al-Assad va'dalarini bajaradimi?

Bashar al-Assad va'dalarini bajaradimi?

Tahlilchi Endryu Tabler deydiki, Damashqda tashkil etilgan forumda namoyishlar boshida turgan yoshlar qatnashmagan. Mamlakatni 40 yildan beri boshqarayotgan oila hokimiyatni bo’lishishiga ishonadiganlar ozchilik.

“Tomonlar nimani muhokama qilishi mumkin? Prezident Assad jiddiy islohotga yo’l ochadimi, xavfsizlik xizmatini tarqatib yuboradimi? Hammasi xomxayol. Rejim repressiyaga tayanadi. Buni hech kim inkor etolmaydi”, - deydi mutaxassis.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG