Suriya bo'yicha muzokaralar jumaga ko'chirildi

  • Amerika Ovozi

Salma shahri, Suriya

Salma shahri, Suriya

Bugun Shveysariyaning Jeneva shahrida BMT vositachiligida Suriya hukumati va muxolifati vakillari muzokara boshlashi kerak edi, biroq ishtirokchilar tarkibi bo'yicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab muloqot juma kunga qoldirildi.

BMTning Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura seshanba kuni ishtirokchilarga taklifnomalar tarqatishini ma'lum qildi.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, jarayonni puxta rejalash lozim, shoshma-shosharlikka hojat yo'q.

“Muzokaralar boshida barcha tomonlar rolini aniq bilib olishi kerak. Muloqot birinchi kundanoq chippakka chiqmasligi zarur", - dedi Kerri.

Suriya muxolifatining ba'zi vakillari muzokaralarda qatnashish uchun ularga bosim qo'yilayotganidan shikoyat qilgan.

"Amerikaning jarayon bo'yicha pozitsiyasi ayni: biz muxolifatni siyosiy, moliyaviy va harbiy tomondan qo'llab-quvvatlayapmiz", - dedi Kerri.

Davlat kotibiga ko'ra, Suriya kelajagini, Prezident Bashar Assad rolini suriyalik muzokarachilar hal qilishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG