Jeneva Suriya muzokaralariga hozirlik ko'rmoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri hamda Britaniya, Germaniya, Fransiya va Italia tashqi ishlar vazirlari Parijda muzokaralar kun tartibi xususida fikr almashmoqda, 13-mart, 2016-yil

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri hamda Britaniya, Germaniya, Fransiya va Italia tashqi ishlar vazirlari Parijda muzokaralar kun tartibi xususida fikr almashmoqda, 13-mart, 2016-yil

Dushanba kuni Jenevada Suriya tinchlik muzokaralarining boshlanishi kutilmoqda. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri yakshanba kuni Britaniya, Germaniya, Fransiya va Italia tashqi ishlar vazirlari bilan ko’rishib, muzokaralar kun tartibi xususida fikr almashdi.

Suriya muxolifati bosh muzokarachisi Muhammad Allushning aytishicha, Prezident Bashar Assad o’tish davrida muvaqqat hukumat tepasida turolmaydi.

“Assad hokimiyatdan ketishi yoki o’lishi kerak”, - dedi Allush.

Biroq Suriya Tashqi ishlar vaziri Valid Muallim bunday shart bilan muzokarada qatnashmasligini ma’lum qildi.

“Assad prezidentligini muhokama qilmoqchi bo’lganlar bilan muzokara qilmaymiz”, - dedi u.

Kerri mazkur mavzudagi qarama-qarshiliklarga qaramay, tomonlarni muloqotdan chekinmaslikka chaqirdi.

"Sulh erishilganidan beri zo’ravonliklar 80-90 foizga kamaydi”, - dedi Kerri.

Muallimning aytishicha, Suriya hukumati delegatsiyasi muxolifat vakillarini Jenevada 24 soat kutadi, agar kelishmasa, delegatsiya Damashqqa qaytib ketadi.

BMTning bildirishicha, sulh sabab harbiy harakatlar keskin kamayganidan beri hukumat va muxolifat kuchlari qamalidagi hududlardagi 115 ming odamga oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa turdagi yordam yetkazishga imkon tug’ildi.

“O’tgan yili buning iloji bo’lmagan”, - deyiladi BMT bayonotida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG