Suriya hukumati vakillari Jenevadagi muzokaraga yetib bordi

  • Amerika Ovozi

"Insonparvarlik yordami ortilgan karvonlar ayrim shaharlarga kira olmayapti. Bundan muzokara qatnashchilarining ta'bi xira", - deydi Staffan de Mistura.

"Insonparvarlik yordami ortilgan karvonlar ayrim shaharlarga kira olmayapti. Bundan muzokara qatnashchilarining ta'bi xira", - deydi Staffan de Mistura.

Suriya hukumatining delegatsiyasi bugun, juma kuni Jenevada muxolifat bilan muzokaralarga yetib keldi. Bu yanvar oyidan beri uchinchi muzokaralar. Biroq muloqotga zamin hozirlab bergan sulh kuchini yo'qotishi mumkin.

Suriyada qayta avj olgan olishuvlar Jenevadagi tinchlik muloqotini puchga chiqarishi mumkin. Payshanba kuni internetda paydo bo'lgan videoda hukumat Himsda sodir etgani taxmin qilinayotgan havo hujumlari asoratlarini ko'rasiz. Isyonchilar qo'lidagi Halab shahri atrofida ham qonli janglar ketayapti. BMT maxsus vakili esa gumanitar yordam shaharlarga yetib borishi qiyin bo'layapti, deydi.

"Insonparvarlik yordami ortilgan karvonlar ayrim shaharlarga kira olmayapti. Bundan muzokara qatnashchilarining ta'bi xira", - deydi Staffan de Mistura.

Bu esa sulh kuchini yo'qotib borayotganidan nishona.

"Frontda otishma, olishuvlar kamaysa, gumanitar karvonlar osonroq qatnaydi", - deydi tahlilchi Ben Barri. "Lekin bugun janglar kuchaymoqda. Suriya hukumati Halabga shiddatli hujum uchun shaylanayotgan ko'rinadi", - deydi u.

Bu orada, Suriya muxolifati mamlakatda tuziladigan muvaffaq hukumat tarkibiga amaldagi rasmiylar ham kirishiga qarshi emasmiz, demoqda.

"O'taketgan jinoyatchilar bo'lmasa bo'ldi. Suriya xalqini qirgan odamlar bo'lmasa bo'ldi", - deydi Salim al-Muslat.

Lekin oppozitsiyaning sharti shuki, Prezident Bashar al-Assad ketishi lozim.

Biroq Jenevaga bugun, juma yetib borgan hukumat bu talabga rozi emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG