Assad armiyasi otishmani to’xtatishga rozi

  • Amerika Ovozi

Hims, Suriya, 23-oktabr, 2012-yil.

Hims, Suriya, 23-oktabr, 2012-yil.

Suriya hukumati hayit munosabati bilan otishmani dushanbaga qadar bas qilishga rozi. Lekin isyonchilar o’t ochsa, javob qaytaramiz, deydi harbiylar.


Iyd al-Adha ayyomi juma boshlanadi. BMT va Arab Ligasi elchisi Laxdar Braximiy bir necha kunlik tanaffus haqiqiy, mustahkam sulhga aylanadi degan umidda.

Qo’zg’olonchilar ham kelishuvga amal qilishini, lekin armiya qurolni qo’llasa, javob qaytarishini bildirmoqda.

Braximiyning BMT Xavfsizlik Kengashiga aytishicha, urushga oson yechim yo’q.

Suriya 19 oydan beri qo’zg’olon va olishuvlar changalida va Braximiy nazarida urush qo’shni davlatlarni domiga tortishi mumkin.

Muxolifat deydiki, bugun Damashq tevaragida otishmalar quloqqa chalingan.

Dar’o viloyatida isyonchilar va armiya o’rtasida janglar kuzatilgan.

BMT inson huquqlari rasmiylari prezident Bashar al-Assad bilan ko’rishib, mamlakatda ixtilof boshidan beri sodir etilgan huquqiy jinoyatlar haqida gaplashib olish niyatida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG