Turkiya: BMT Xavfsizlik Kengashi - ojiz organ

  • Amerika Ovozi

Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdog’an, 13-oktabr 2012

Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdog’an, 13-oktabr 2012

Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdog’an fikricha BMT Xavfsizlik Kengashi ojiz bir organ.


Suriyadagi og’ir vaziyatga nisbatan biror konkret chora ko’ra olmayotgani global fojia, deydi Erdog’an.

BMT Xavfsizlik Kengashi dunyo tinchligi uchun mas’ul, nega shunday adolatsizlik va xunrezlik oldida qarab turibsiz? – deya so’raydi Turkiya rahbari.

“Agar Suriya masalasi yechimi Xavfsizlik Kengashidagi bir yoki ikki doimiy a’zo qo’lida bo’lsa, unga u hech qachon yechilmaydi. Oqibatlari insoniyat tarixiga eng uqubatli kunlar sifatida kiradi. Suriya xalqi sizni hech qachon kechirmaydi”,- deydi Erdog’an.

Turkiya chegaraga katta sonda qo’shin va og’ir qurollar safarbar etib, o’zini qo’shni mamlakatdan kelayotgan xavfdan himoya qilish uchun shay turibdi.

Rossiyadan Suriya tomon ketayotgan samolyot Anqarada qo’ndirilib, uning ichidagi vositalar musodara qilingach, Damashq va Moskva Turkiyani agressiyada aybladi, tushuntiruv talab qildi.

Anqara nazarida Suriya rahbari Bashar al-Assad o’z xalqining qotili va Rossiyadan olayotgan qurol-aslahani o’z fuqarolarini yo’q qilish uchun qo’llamoqda. Assad bu ayblovni rad etadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG