BMT: Sulhmi sulh, Bashar al-Assad unga bo'ysunishi shart

  • Amerika Ovozi

AQShning Suriya bo’yicha elchisi Robert Fordning aytishicha, hukumat qo’shinlari ayrim shahar va tumanlarni tark etmoqda.

BMT-Arab Ligasi vositachiligida imzolangan tinchlik bitimi aynan shuni talab qiladi. Lekin harbiylar barcha hududlardan chiqishi, boshqaruv fuqaro qo’liga qaytarilishi kerak.

Prezident Bashar al-Assad 10-aprelgacha harbiy kampaniya tugatiladi, deya va’da bergan.

Bitimga ko’ra, muxolif kuchlar hukumat o’z va’dasini bajarganidan keyin 48 soat ichida qurolni tashlashi shart.

Damashq yaqinida hukumat kuchlari o'ldirgan odamlar dafn etilmoqda

Damashq yaqinida hukumat kuchlari o'ldirgan odamlar dafn etilmoqda

Lekin hozircha qaqshatqich janglar ketmoqda. Kechagi olishuvda 24 fuqaro o’lgan.

Juma namozidan keyin o’nlab ming odam hukumatni qoralab ko’chaga chiqqani ma’lum.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun kecha Bashar al-Assadga murojaat qilib, namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatmaslikni talab qildi.

Sulhga kelishilganmi, demak, hozirdanoq har qanday hujumni to’xtatish kerak, deydi Pan Gi Mun.

BMT-Arab Ligasi maxsus vakili Kofi Annan nazarida Bashar al-Assadning maqsadi ezgu emas. Ezgu bo’lganida, buncha odamning qoni to’kilmagan bo’lar edi.

Bir yil oldin boshlangan qo’zg’olonda 9000 dan oshiq odamning yostig’i quridi.

Namoyishlar avj olgan shaharlarga safarbar etilgan kuchlar har hafta o’nlab, ba’zida esa yuzlab fuqarolarni o’ldirdi.

Suriyadagi bugungi manzara:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG