BMT komissiyasi: Suriyadagi zo'ravonliklarda rahbariyat aybdor

  • Amerika Ovozi

Hims viloyati, Suriya, 22-fevral, 2012-yil

Hims viloyati, Suriya, 22-fevral, 2012-yil

Suriyalik inson huquqlari faollarining aytishicha, hukumat kuchlari Hims shahrida muxolifat pozitsiyalarini yana o'qqa tutgan.

BMTning Suriyadagi ahvolni tergov qilgan komissiyasi xulosasiga ko'ra, bu davlat rahbarlari qatliomlarga bevosita aloqador, ular insoniyatga qarshi jinoyat ayblovi bilan so'roqqa tutilishi mumkin. Komissiya xulosalarini BMTning Inson huquqlari bo'yicha oliy komissariga taqdim etgan.

Hisobotda Suriya hukumatining zo'ravonliklarga aloqasi bor rasmiylarining ro'yxati keltirilgan. Ular qurolsiz namoyishchilarni o'qqa tutishga, hibsdagilarni qiynashga, buyruqni bajarishdan bosh tortgan askarlarni otishga, buyruq bergani aytiladi. Ro'yxatda prezident Bashar al-Assadning borligi taxmin qilinmoqda. Komissiya muxolif kuchlar tomonidan ham qonun buzilganini qayd etadi.

Kecha Himsdagi otishmalarda chet ellik ikki jurnalist halok bo'lib, bir necha muxbir yaralangan. Rasmiy Damashq xorijiy jurnalistlarning mamlakatga kirganidan bexabar ekanini aytmoqda. Davlat matbuotiga ko'ra, ular mamlakatda noqonuniy faoliyat yuritgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG