BMT: Suriya o’zini o’zi yemirayapti

  • Amerika Ovozi

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun so’zlariga ko’ra, Suriya o’zini o’zi yemirib borayapti.

Nyu-Yorkda so’zlagan rasmiy Suriya hukumati va BMT Xavfsizlik Kengashini zudlik bilan chora ko’rishga undamoqda.

Urush ikki yildan oshiq davom etib, talofatlar tobora oshayapti. Har kuni 100, 200, 300 kishi nobud bo’layapti, janglar tinmay, mazhablararo adovat kuchaymoqda.

Jinsiy zo’ravonlik, harbiy jinoyatlar kundalik holga aylangan. Suriya o’zini barbod qilayapti, deydi Pan Gi Mun.

BMT hisob-kitobiga qaraganda, urush boshidan beri kamida 60 ming odam jon bergan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG