BMT: Suriya rahbariga qarshi qat’iy chora ko’rish kerak

  • Amerika Ovozi

BMT: Suriya rahbariga qarshi qat’iy chora ko’rish kerak

BMT: Suriya rahbariga qarshi qat’iy chora ko’rish kerak

BMT Bosh kotibi Pan Gi-Mun Suriya xalqiga qarshi zulmni bas qilish uchun jahon hamjamiyatini keskin choralar ko’rishga chaqirmoqda.

Prezident Bashar al-Assadni so’zining ustidan chiqmaydigan, repressiyani qurol qilgan rahbar deya ta’riflab, “islohot va’dalari bajarilishini kutganimiz yetar”, deydi Pan Gi-Mun.

Bugun juma namozi ketidan Suriya ko’chalari yana namoyishchilarga to’ldi. Jabal al-Zaviya va Deraa shaharlarida 15 kishi otib o’ldirilgan.

BMT: Suriya rahbariga qarshi qat’iy chora ko’rish kerak

BMT: Suriya rahbariga qarshi qat’iy chora ko’rish kerak

Shimoliy Afrika bo’ylab safar qilayotgan Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyip Erdog’an deydiki, zulmkor diktatorlar davri o’tdi ketdi, prezident Assad ham hokimiyatda uzoq qololmaydi.

Suriya hukumatiga muxolif kuchlar kuni-kecha Turkiyada majlis qilib, Milliy Kengash tuzgan. Uning maqsadi kelasi olti oyda prezident Assaddan qutulish va muvaqqat hukumat tuzish.

Suriya rahbariga “islohotga yo’l oching yoki yo’ldan qoching” deb kelayotgan Obama ma’muriyati bu tashabbusni olqishlayapti.

Istanbulda o’tgan to’rt kunlik yig’ilish natijasida tuzilgan oppozitsion koalitsiya turli guruhlardan iborat. 140 a’zosi bor, yarmi Suriyadagi faollar. Bu davlatda xalq qo’zg’oloni boshlanganiga olti oy to’lmoqda.

Vashington nazarida, Suriyadagi vaziyatni qo’shni Liviya bilan taqqoshlashga hali erta. Biroq oppozitsion kuchlar birlashayotgani - ijobiy qadam.

Suriya muxolifati a'zolari Istanbulda yig'ilib, rejalarni belgilab oldi

Suriya muxolifati a'zolari Istanbulda yig'ilib, rejalarni belgilab oldi

“Ular yagona maqsad va murosa asosida birlashib, yangi hukumat tuzishga, qonun hukmron, fuqaro huquqi e’zozlanadigan jamiyat barpo etishga bel bog’laganini olqishlaymiz”, - deydi Davlat departamenti vakili Mark Toner.

“Qo’shma Shtatlar Suriya va uning tashqarisidagi muxolifat a’zolari bilan aloqada, lekin ularga aql o’rgatish yoki ko’rsatma berish bizning ishimiz emas”, - deydi u.

Davlat kotibasi Xillari Klinton o’tgan oy Amerikada yashovchi suriyaliklar jamoasi bilan ko’rishgan edi.

Erkinlik va islohot talabi bilan ko’chaga chiqqan fuqarolar vahshiylarcha o’ldirilayotgani AQSh tomonidan keskin qoralangan va Suriyaning 30 dan ziyod rasmiysi, jumladan prezident Assadga qarshi sanksiyalar qo’yilgan.

Bu davlatning asosiy daromad manbai - neft va gaz sanoati ham xalqaro embargo ostida.

Suriyada vaziyat tobora og’ir ekan, amerikaliklarga bu mamlakatni tark etish tavsiya etiladi. Ammo Amerika elchisi Robert Ford Damashqda ishini davom ettirayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG