Suriyada isyonchilar BMT zobitlarini garovga oldi

  • Amerika Ovozi

Filippin tinchlikparvar harbiylari, jami 21 kishi qo'lga olingan

Filippin tinchlikparvar harbiylari, jami 21 kishi qo'lga olingan

Suriya isyonchilari Isroil bilan chegarada, Go’lan tepaligida BMTning 21 nafar tinchlikparvarini garovga olgan.

Ular Filippin fuqarolari va bu davlat tashqi ishlar vazirligi bugun bayonot chiqarib, isyonchilarni xalqaro qonunlarni qo’pol ravishda buzayotganlikda ayblagan.

Filippin rahbariyati BMT, AQSh, Britaniya, Fransiya va Germaniya bilan hamkorlikda askarlarni ozod qilish ustida ishlamoqda.

Rossiyaning BMTdagi elchisi Vitaliy Churkin so’zlariga qaraganda, tinchlikparvar qo’shinlar kecha BMT kuzatuv postiga yuk tashiyotgan payt to’xtatilgan.

Kecha Suriya isyonchilari xalqaro hamjamiyatdan ko’proq qurol-aslaha so’rab murojaat qilgan edi.

Prezident Bashar al-Assad qo’shinlari o’ta og’ir va qudratli qurollarni ishga solayapti.

Uunga bas kelish uchun, xalqni himoya qilish uchun ko’proq qurol-aslahaga muhtojmiz, deydi Ozod Suriya armiyasi generali Salim Idris.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG