BMT: Suriyada kimyoviy qurol ishlatilgan

  • Amerika Ovozi

Prezident Bashar al-Assadga xayrixoh kuchlar va muxolifat esa inson huquqlarini oyog’osti qilishda davom etmoqda, deyiladi BMT hisobotida.

Prezident Bashar al-Assadga xayrixoh kuchlar va muxolifat esa inson huquqlarini oyog’osti qilishda davom etmoqda, deyiladi BMT hisobotida.

BMT hisobotiga ko’ra, Suriyada kimyoviy qurol qo’llangani haqida dalillar bor. Prezident Bashar al-Assadga xayrixoh kuchlar va muxolifat esa inson huquqlarini oyog’osti qilishda davom etmoqda, deyiladi unda.

BMTning Suriyadagi ahvolni tekshirgan komissiyasi raisi Paulo Pineyro ikki yillik urushning xalq hayotiga ta’sirini shunday tasvirlaydi: “Avval odamlarni dahshatga solgan jinoyatlar bugun kundalik holga aylangan. Insoniylik yo’qolib borayapti.

Suriyaga harbiy yordam emas, diplomatik madad zarur. Chetda qo’l qovushtirib o’tirib, halokat yanada keng tarqalishini kuzatib o’tira olmaymiz”, - deydi u.

Komissiya hisobotida qanday kimyoviy qurol qo’llangani, buni kim amalga oshirgani haqida ma’lumot yo’q. Buni aniqlash uchun jabr ko’rgan aholida tekshiruvlar o’tkazish, joylardan namunalar olish kerak bo’ladi, deydi BMT mutaxassislari. Ham hukumat, ham isyonchilar bir-birini ommaviy qirg’in qurolini ishlatganlikda ayblab keladi.

BMT Suriyaga ko’proq qurol jo’natish inson huquqlari yanada buzilishiga hissa qo’shadi, deya ogohlantirayapti. “Hech kim g’alaba qilayotgani yo’q, bu urushda hech kimning qo’li baland kelmaydi. Ko’proq qurol faqat ko’proq talofatlarga yetaklaydi”, - deydi Paulo Pineyro.

Yevropa Ittifoqi o’tgan hafta Suriya muxolifatiga qo’yilgan qurol embargosini bekor qilgan edi. Endi a’zo davlatlar isyonchilarga harbiy madad berishi mumkin.

Bu orada, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Moskva Suriyaga havo hujumidan mudofaa tizimini jo’natmagan. Yaqin Sharqda kuchlar muvozanatini izdan chiqarishni xohlamaymiz, deydi Putin.

Rossiya matbuoti o’tgan hafta S-300 rusumidagi raketalar yil oxirigacha Suriyaga eltilmaydi, deya xabar bergan edi.

Biroq Suriya rahbari Bashar al-Assad sal oldin Hizbullohning Al-Manar telekanaliga bergan intervyusida raketalar yetib kelganiga ishora qilgan edi.

Putinning so’zlariga ko’ra, raketa savdosi xalqaro qonunlarga zid emas. Qo’shma Shtatlar va Isroil Kremlni bu bitimni amalga oshirmaslikka undagan edi. Bu mudofaa tizimi Suriyaning havo mudofaasini bir necha bor mustahkamlashi aniq, deydi ekspertlar.

Suriyadagi manzara:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG