Suriya muxolifati Jenevadagi muzokarada qatnashadimi?

  • Amerika Ovozi

Halab, Suriya

Halab, Suriya

Suriya muxolifati joriy hafta Jenevada BMT homiyligida o'tadigan xalqaro tinchlik muloqotida qatnashish-qatnashmaslik qarorini chorshanba e'lon qilishi kutilmoqda.

BMTning Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura qatnashchilarga kechayoq taklifnomalar yuborgan, biroq aynan kimlar taklif qilinganini aytmagan.

Suriya bosh vaziri muovini, 2013-yilda ishidan haydalgan Qadri Jamil, taniqli muxolifatchi Haytam Manna anjumanga taklif qilingan arboblardan.

Lekin Suriyaning eng qudratli kurd partiyasi, Demokratik ittifoq partiyasi chaqirilmagan.

Rossiya muzokaraga suriyalik kurdlar jalb qilinishi kerak, deydi. Biroq Turkiya bunga qarshi. Anqara nazarida Demokratik ittifoq partiyasi Turkiyada taqiqlangan, isyonkor Kurdiston ishchilar partiyasining bo'linmasidir.

Suriyada 2011-yildan beri tinmayotgan urush 260 mingdan ziyod odamni hayotdan olib ketdi, millionlab fuqarolar uyini tashlab qochgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG