Breaking News

Pan Gi Mun: Suriyadagi urushga ortiq toqat qilolmaymiz


Idlib, Suriya
Idlib, Suriya
BMT-Arab Ligasining Suriya bo’yicha mas’ul vakili Laxdar Braximiy bugun Jenevada Suriya hukumati va muxolifati bilan alohida uchrashdi.

Braximiy uch yildan beri tinmayotgan qonli urushni bas qilish yo’llarini muhokama qilmoqda.

Shveysariyada uzoq kutilgan tinchlik anjumani kecha ochib berildi va ertaga bevosita muzokaralar boshlanishi kerak. 40 dan ziyod davlat vakillarini to’plagan konferensiyada kechaning o’zida prezident Bashar al-Assad kelajagi yuzasidan keskin bahslar yangragan.

Braximiy nazarida Suriya hukumati va oppozitsiya gumanitar yordamni yetkazish, mahbuslarni ozod qilib, otishmadan xoli hududlar yaratish borasida murosaga moyil.

Jeneva anjumanidan maqsad mamlakatda vaqtli hukumatni tuzish. Muxolifat va Qo’shma Shtatlar muvaqqat rahbariyatga Assadni yo’latmoqchi emas. Lekin Suriya prezidenti ishdan ketishdan bosh tortayapti.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun so’zlariga ko’ra, xalqaro hamjamiyatning sabri tugadi. Bu urush ekstremist va terrorchilarning o’chog’iga aylanmoqda. Tinchlik yig’ini mojaroni bir zumda yechib berishi gumon, lekin kundalik dahshatda yashayotgan suriyaliklar najot kutayapti, deydi Pan Gi Mun.

Suriyaning mintaqaviy hamkori Eron tadbirda qatnashmayapti. Tehron muvaqqat hukumat tuzish taklifiga qarshi chiqqani uchun anjumanga yo’latilmadi.

Eron prezident Hasan Ruhoniy nazarida qo’shni yirik davlat ishtirokisiz xalqaro majlisdan naf bo’lishi gumon.

Suriya muxolifatida ekstremistlar soni qancha?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:54 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG