AQSh va Rossiya Suriya yuzasidan kelishib oldi

  • Amerika Ovozi

Hama viloyatidagi manzara, 25-sentabr, 2013

Hama viloyatidagi manzara, 25-sentabr, 2013

AQShning BMTdagi elchisi Samanta Pauer bayon qilishicha, bu davlat Rossiya bilan muhim kelishuvga erishgan: Suriyadan kimyoviy qurollardan voz kechishni talab qiluvchi rezolyutsiya qabul qilinadi.

Suriya hukumati nazoratidagi aslaha va vositalar xalqaro tinchlik va barqarorlikka tahdiddir va Damashq ularni yo'q qilishi shart, deydi Pauers.

BMT Xavfsizlik Kengashi yopiq eshiklar ortida maslahat qilmoqda. Diplomatlarning aytishicha, hujjat yuzasidan bugun ovoz berilmaydi.

Amerika bilan hamfikr Fransiya Tashqi ishlar vaziri Loren Fabius deydiki, rezolyutsiyaga agar Suriya shartni bajarmasa, sanksiya yoki harbiy chora bilan yuzlashadi degan band ham qo'shilishi mumkin.

Suriya rahbari Bashar al-Assad avgust oyida 1400 insonni o'ldirgan kimyoviy hujum "bizning ishimiz emas" deb kelmoqda.

AQSh pozitsiyasi shuki, Assad - yolg'onchi. Begunoh insonlar aynan uning buyrug'i asosida va aynan hukumat kuchlari tomonidan o'ldirilgan. Buni isbotlovchi dalillar yetarli, deydi Davlat kotibi Jon Kerri.

Rossiya Assadga qarshi harbiy chora muammoning yechimi emas deb hisoblaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG