Oq uy Suriya muxolifatiga qurol berish-bermaslikni shu hafta hal qiladi

  • Amerika Ovozi

Qusayr shahri, Suriya

Qusayr shahri, Suriya

Barak Obama ma’muriyati shu hafta Suriya muxolifatini qurollantirish masalasiga oydinlik kiritishi mumkin.

Xabarlarga ko’ra, prezident murosaga moyil guruhlarga qurol uzatishga xayrixoh.

Obama avval boshdan bu davlatga askar jo’natish niyati yo’qligini bildirgan edi.

Suriya rahbari Bashar al-Assad qo’shinlari strategik shahar Himsga hujum rejalayotgani haqida xabarlar bor.

Bundan tashqari, Eron va Hizbulloh qo’llab-quvvatlovida armiya qo’li baland kelayotgani haqidagi ma'lumotlar tarqalar ekan, Oq uyda Suriyaga doir muzokaralar kutilayapti.

Davlat kotibi Jon Kerri ushbu uchrashuvlarda qatnashish uchun bugun Isroil va Yaqin Sharqdagi yana uch mamlakatga safarini qoldirgan.

Suriya muxolifati chetdan yordam oshirilmasa, Assadga mag’lub bo’lishi haqida ogohlantirib keladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG