Breaking News

Venada Suriyaga doir anjuman, Eron ham qatnashmoqda


Damashq, Suriya
Damashq, Suriya

Davlat departamentining bildirishicha, Venada shu hafta Suriyaning siyosiy kelajagiga bag'ishlangan uchrashuvga Eron ham taklif qilingan. Tehron anjumanda qatnashishga rozi.

Muloqot payshanba va juma kunlariga belgilangan bo'lib, Amerika va jahon davlatlari Suriyadagi murakkab vaziyatdan chiqish yo'llarini muhokama qiladi. Amerika delegatsiyasiga Davlat kotibi Jon Kerri boshchilik qiladi. Eron tomonidan Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif boradi.

Eron ishtiroki xususida to'xtalar ekan, Davlat departamenti matbuot kotibi Jon Kirbi Suriya borasida Eronni AQShning ittifoqchisi deyishgacha bormadi.

Tehron Suriyada olib borayotgan buzg'unchilik faoliyatini esdan chiqarganimiz yo'q, deydi Amerika rasmiylari. Biroq bu davlat bilan muzokara qilish zaruratini bilamiz, deydi Jon Kirbi.

Eron va Rossiya Suriya rahbari Bashar al-Assadning yonini olib keladi va harbiy madad berib keladi. Qo'shma Shtatlar va ittifoqchilari esa Suriyadagi murosaga moyil muxolifatni yoqlamoqda. Vashington, shuningdek, Suriyaning bo'lg'usi hokimiyatida Assadga joy yo'q, degan fikrda.

Oxirgi kunlarda Suriyadagi urushga yechim topish borasida diplomatlar bot-bot so'zlayapti, muzokaralar o'tkazilmoqda.

Seshanba kuni Fransiyada AQSh, Yevropa, Iordaniya va Turkiya vakillari muloqot qildi. Uchrashuvga Suriyaning ittifoqchilari sanalgan Rossiya va Eron taklif qilinmagan.

Berlinda Amerika bosh diplomati Jon Kerri Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Suriya haqida fikr almashdi. Uchrashuvdan keyin Lavrov Suriyada parlament va prezident saylovlariga hozirlik boshlanishiga umid bilirgan. Uning aytishicha, Kreml Damashqqa ta'sirini ishga solib, siyosiy yechim topishga harakat qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG