Suriyani Arab Ligasidan haydashga chaqiriqlar


Suriyani Arab Ligasidan haydashga chaqiriqlar

Suriyani Arab Ligasidan haydashga chaqiriqlar

Suriya muxolifati va xalqaro huquq tashkilotlari nazarida, bu mamlakatni Arab Ligasidan haydash vaqti yetdi.

22 davlatni o’z ichiga olgan tashkilot ertaga Qohirada favqulodda majlis o’tkazib, masalani ko’rib chiqadi.

Shu oy boshida Suriya hukumati qurolli kuchlarini shaharlardan olib chiqishga, muxolifat bilan muloqot boshlashga ko’ngan edi. Arab Ligasiga berilgan va’da bajarilmadi.

Suriyani Arab Ligasidan haydashga chaqiriqlar

Suriyani Arab Ligasidan haydashga chaqiriqlar

Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi “Human Rights Watch” tashkiloti Bashar al-Assad ma’muriyatini insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblamoqda.

Guvohlarning aytishicha, Hims shahrida kecha 33 kishi halok bo’lgan. Xavfsizlik kuchlari uyma-uy yurib, namoyish ishtirokchilarini qidirayotgani haqida xabarlar bor.

BMT hisobicha, mart oyida qo’zg’olon boshlanganidan beri Suriyada taxminan 3500 odamning yostig’i quridi. Mamlakat jurnalistlarga yopiq bo’lgani sabab aniq raqamlar haqida gapirish qiyin.

XS
SM
MD
LG