Suriya tahlika ichida, Amerika nima qila oladi?

  • Amerika Ovozi

Banias shahridagi namoyishlar

Banias shahridagi namoyishlar

Suriyada prezident Bashar al-Assadga qarshi namoyishlar davom etar ekan, inson huquqlari faollari bergan ma’lumotga ko’ra, mamlakat janubida va g’arbida yana kamida 19 nafar odam hukumat kuchlari tomonidan otib o’ldirilgan.

Suriyaning ikkinchi yirik shahri Halab tobora beqaror. Ikki mingga yaqin talaba ishtirokidagi namoyish kuch bilan tarqatib yuborilgan. Vaziyatni kuzatib turgan AQSh fuqaro huquqlari hurmat qilinmayotganidan afsusda.

Non ko'tarib tinch namoyishga chiqqan fuqarolar

Non ko'tarib tinch namoyishga chiqqan fuqarolar

Suriya hukumati namoyishlarga qarshi og’ir qurollar safarbar etmoqda. Ko’chalarda tanklarni ko’rasiz. Prezident al-Assad, namoyishlarni “qurolli isyon” deya ta’riflab, harbiylar “terrorchilar” bilan kurashmoqda deya da’vo qiladi. Mahalliy inson huquqlari faollari hisobicha, bir necha oydan buyon davom etayotgan tinch norozilik namoyishlarida 600-700 fuqaro otib o’ldirilgan.

Hukumat kuchlari uyma-uy yurib, faollarni hibsga olmoqda.

Vashington Suriya hukumati harakatlarini qoralamoqda.

AQSh Davlat departamenti so’zlovchisi Mark Toner deydiki, Obama ma’muriyati va unga hamkor davlatlar Suriyadagi vaziyatdan xavotirda va nima qilish kerak deya bosh qotirmoqda.

Kongressning ayrim a’zolari Oq Uy pozitsiyasidan norozi.

Mustaqil senator Jo Liberman fikricha prezident Barak Obama Suriya rahbari Bashar al-Assadga qarshi qattiqroq gapirishi kerak.

“Bashar al-Assad Qaddafi izidan ketayotgan totalitar jinoyatchi”,- deydi senator.

Yosh respublikachi senator Marko Rubio Liberman bilan hamfikr.

Daraa shahrida namoyishchilar o'ldirilayotganini aks ettiruvchi suratlar, uyali telefonda olingan

Daraa shahrida namoyishchilar o'ldirilayotganini aks ettiruvchi suratlar, uyali telefonda olingan

"Biz, birinchidan, Suriya istiqbolini o’ylagan fuqarolarning huquqlarini himoya qilayapmiz. Ikkinchidan, Suriya hukumatining jinoyatlarini AQSh nomidan qoralaymiz va uchunchidan, Bashar al-Assad bundan buyon Suriyaning qonuniy rahbari emasligini ta’kidlaymiz. U xuddi otasidek jinoyatchi”,- deydi senator Rubio.

Yana bir respublikachi senator Don Mansullo ham Oq Uy pozitsiyasini savol ostiga olmoqda.

“Obama ma’muriyati nega Bashar al-Assad iste’foga chiqishini so’ramayapti”? – deya ajablanadi qonunchi.

Oq Uy va uning munosabatini quvvatlayotgan ekspertlar nazarida esa Suriyada vaziyat juda murakkab va Amerika har bir so’zini o’ylab aytishi kerak.

Siyosatshunos Xolid Elgindi tahlilicha xalqaro hamjamiyati, xususan G’arb yana bir Liviya vujudga kelishini istamaydi, ya’ni Qaddafiyga nisbatan ko’rilgan choralarni al-Assadga nisbatan ham qo’llamoqchi emas. Ular fuqarolarni himoya qilishni istaydi, ammo buni qanday amalga oshirish haqida hozircha biror qarorga kelishmagan, deydi Xolid Elgindi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG