BMT: Suriya hukumati gumanitar yordam yo'lini to'smoqda

  • Amerika Ovozi

Madaya shahri, Suriya

Madaya shahri, Suriya

Jenevada Suriyada tinchlik o'rnatishga qaratilgan BMT yig'ini boshlanishi arafasida Bashar al-Assad hukumati yuz minglab suriyaliklar uchun atalgan gumanitar yordam yo'lini to'sayotganlikda ayblanmoqda.

BMTning insonparvarlik yordami bo'yicha bosh rasmiysi Stefan Obrayn Xavfsizlik Kengashiga shu haqda ma'lum qildi.

"Mojaro oltinchi yilga kirib borar ekan, unga aralashgan guruhlarga ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega kengash a'zolari o'zaro tafovutlarni chetga surib, urush zonalarida qolib kegan millionlab suriyaliklarga yordam yetkazish masalasida eng yuqori siyosiy darajada muloqot o'tkazishlari kerak", - dedi u.

Shu oy boshida oxirgi bir necha oy ichida ilk bor isyonchilar qo'lidagi Madaya shahriga insonparvarlik yordami kiritilishiga ruxsat berilgan edi.

Ammo bunday ko'makka muhtoj hududlar Suriyada juda ko'p.

"Hisobimizga ko'ra, qamalda qolgan hududlar 18 ta va yarim million odam oziq-ovqat va boshqa muhim gumanitar ko'makdan to'sib qo'yilgan. Boshqa ko'plab joylarda ham aholining oziq-ovqati allaqachon tugagan yoki tugash arafasida", - deydi BMT rasmiysi.

Dunyo Oziq-ovqat dasturi rahbari ham Xavfsizlik kengashiga murojaat qilib, yordamga muhtoj aholiga yetkazilishi lozim bo'lgan ko'mak miqdorini ikki barobar ko'paytirishga chaqirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG