"Islomiy davlat" soxta pasportlar bosib chiqarish imkoniyatiga ega

  • Amerika Ovozi

Syrian passports

Syrian passports

AQSh hukumatining ogohlantirishicha, "Islomiy davlat" jangari guruhi soxta pasportlarni bosib chiqarish imkoniyatiga ega.

Terrorchilar bu hujjatlar bilan G'arb davlatlariga kirib kelishi mumkin degan xavotirlar bor.

Suriyada "Islomiy davlat" pasport bosib chiqaradigan texnika hamda blankalarni qo'lga kiritgan, deydi AQSh immigratsiya mutaxassislari.

Fransiyada ro'y bergan xurujlar ketidan hujumchilardan biri suriyalik qochqinlar qatorida Yevropaga kelgani aniqlangan edi.

Ekstremistlar xuddi shu tarzda Amerikaga ham kelishi mumkin, deya taxminan 30 shtat gubernatorlari qochqinlarni qabul qilishga qarshilik bildirmoqda.

Obama ma'muriyati 10 ming suriyalik qochqinga boshpana berishni rejalagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG