Suriya qochqinlar soni bo'yicha Afg'onistonni ortda qoldirish arafasida

  • Amerika Ovozi

BMTning ogohlantirishicha, Suriya ahli qochqinlar soni bo’yicha Afg’onistonni ortda qoldirish arafasida.

BMTning Qochqinlar bo’yicha oliy komissari Antonio Guterres kecha Bosh Assambleyada shu haqda so’zladi.

Suriya qo’shnilari qariyb 2 yarim million qochqinga eshiklarini ochgan. Xalqaro hamjamiyat bu davlatlarga yordam uzatishi lozim, deydi Guterres. U uch yildan oshiq davom etayorgan urushning bolalarga ta’sirini alohida tilga oldi.

Bu bolalar shu qadar shafqatsiz voqealarga guvoh bo’ldiki, buning ruhiy va jismoniy asoratlarini davolash mushkul, deydi BMT rasmiysi.

Urush ularni kelajakdan marhum qilmoqda, deydi Antonio Guterres.

Bosh kotib Pan Gi Mun Suriya hukumati va unga qarshi olishayotgan isyonchilarni insonparvarlik yordamini eltishga to’sqinlik qilmaslikka chaqirdi.

BMT mulozimi Kyun Va Kangning tasvirlashicha, Suriyadagi maktablarning beshdan biri barbod bo’lgan.

Kasalxonalarning 40 foizi yaroqsiz ahvolda, ichimlik suvi ta’minoti izdan chiqqan.

Suriyadagi manzara

Suriyadagi manzara



Suriyalik qochqin

Suriyalik qochqin

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG