Tayvanda zilzila, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayapti

  • Amerika Ovozi

Tayvanda qutqaruvchilar zilzila natijasida qulagan imorat ostidan tirik qolganlarni qidirmoqda. 6,4 balga teng zilziladan ikki million aholi yashaydigan, janubdagi Taynan shahri eng katta zarar ko'rdi.

Qutqaruv ishlari harbiylar ishtirokida, asosan, 17 qavatli bino atrofida kechmoqda. O'lganlar orasida 10 kunlik chaqaloq ham bor. Qariyb 100 odam kasalxonaga olib ketilgan. Yer qimirlashi ertalab soat 4 da ro'y bergan.

Qutqaruvchilarga ko'ra, ko'p qavatli binoda taxminan 250 odam bo'lgan, 30 nafaridan haligacha darak yo'q.

Tayvan prezidenti Taynan shahrini ko'zdan kechirib, uy-joyidan ayrilgan fuqarolar boshpana bilan ta'minlanadi, deya va'da berdi.

Orol davlat seysmik jihatdan faol hududda joylashgani sabab zilzilalar bu yerda tez-tez ro'y beradi. 1999-yilgisida 2300 odam nobud bo'lgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG