Tojikiston-Afg’oniston chegarasida otishma: 20 jangari, bir ofitser halok bo’lgan


Tojikistonning Afg’oniston bilan chegarasida jangarilar bilan bir necha soatlik olishuvda ulardan 20 nafari yo’q qilingan.

Tojikiston Chegara xizmati so’zlovchisi Xushnud Rahmatullayev so’zlariga ko’ra, toliblar – taxminan 40 kishi – ikki davlat chegarasidagi Panj daryosini kesib o’tishga harakat qilgan.

Natijada chegarachilar bilan otishmada ularning yarmi yo’q qilingan. Patrul xizmatining bir a’zosi o’lgan, yana biri yaralangan. Omon qolgan toliblar jasadlarni daryoga uloqtirib, chegara hududni tark etgan.

Ular O’zbekiston Islomiy Harakati a’zolari ekani taxmin qilinmoqda.

So’nggi oylarda zo’ravonlik Afg’onistonning nisbatan tinch sanalgan shimoliy viloyatlariga ham tarqalmoqda. Jangarilar NATO bosimidan qochib, qo’shni davlatlarga o’tishga harakat qilayotgani ma’lum.

Otishma ro’y bergan hududdan qurol-aslaha hamda ektremistik adabiyotlar topilgan.

Bu orada, Tojikiston huquq-tartibor idoralari o’tgan oy Dushanbedagi qamoqxonadan qochgan mahbuslarning yana ikki nafarini qo’lga olgan.

Matbuot xabarlariga ko’ra, soqchilar o’ldirib, qamoqdan qochishga muvaffaq bo’lgan 25 mahbusdan shu kungacha 4 nafari qo’lga tushgan.

XS
SM
MD
LG