Tojik-afg'on aloqalarining istiqboli qanday?


Tojikiston-Afg'oniston chegarasi

Tojikiston-Afg'oniston chegarasi

Afg’oniston bilan eng uzun -1400 kilometrdan ortiqroq chegaraga ega Tojikiston uchun o’zining janubiy qo’shnisi bilan aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash hayotiy masalalardan biri bo’lib kelmoqda.

Afg’oniston Prezidenti Ashraf G’anining yaqinda Tojikistonga ilk rasmiy tashrifi davomoda qurilishi boshlangan yirik elektr uzatish tarmog’i, KASA-1000 loyihasi nafaqat ikki mamlakat, balki, mintaqa davlatlarining umumiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, deb ko’rilayotgan bo’lsa ham, ba’zilar bunga u qadar ishonmaydi.

Mahalliy jamiyatshunos Anatoliy Hayimshoyevning aytishicha, bugungi kunda Tojikiston va Afg’oniston o’rtasidagi aloqalar rivojlantirilishiga ikki asosiy sabab omil bo’lib xizmat qiladi.

"Eng muhimi va birinchisi, bu, kommunikatsion qamaldan chiqish, ikkinchisi esa, o’zaro iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini rivojlantirishga bog’liq", - deydi Hayimshoyev.

Afg’onistonda bir necha yil ishlagan tojikistonlik sharqsunos Nosir Tilloyev fikricha, har ikki davlat aloqalarini rivojlantirishning ulkan imkoniyatlari bor.

"Bu ikki mamlakat orasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlari juda keng va har ikkisi ham bunga tayyor bo’lib, bir daryoning ikki sohilida qarangki, Fayzabod, Ishkoshim, Vanj, Badaxshon, Shug’non, Darvoz kabi bir nomdagi mavze’lar bor. Ular yuz yillardan beri bordi-keldi qilishadi', - deydi u.

"Keyingi yillarda AQSh va Tojikiston hukumatlari ko’magida oradagi Amudaryo ustiga bir nechta zamonaviy ko’priklar qurilib, Tojikiston tomonida erkin iqtisodiy mintaqalar tashkil etildi", - deydi Tilloyev.

Uning fikricha, ba’zi rus tahlilchilari, masalan, Aleksandr Knyazevning mintaqa davlatlari, Qirg’iziston, Tojikiston, Afg’oniston va Pokiston orasida ulkan elektr uzatish tarmog’i loyihasi - KASA-1000 qurilishi boshlanishini sarob va afsona hisoblashi, yumshoq qilib aytganda, ko’rolmaslikdir.

Nosirnng fkirini qo’llavchi hamyurti Anatoliy, bu loyihadan mintaqa davlatlari faqatgina foyda ko’radi, deb ta’kidlaydi.

"KASA-1000 loyihasini Ameika qo’llayotgan G’arb siyosati deb gapirayotgan ba’zi tahlilchilar, to’grisini aytganda, nodonlarcha fikr yuritmoqda. Afg’oniston lideri urg’ulaganidek, mintaqaviy xavfsizlikda Xitoyning ham ishtiroki zarur, bu juda muhim jihatni mazardan qochirish, takror aytamanki, nodonlik bo’lar edi. Ro’y-rost aytganda, orada g’alamislik qilib, mintaqa taraqqiyotiga xalal berayotgan kuchlar yo’q emas", - deydi Hayimshoyev.

Keksa avlod vakillaridan biri bo’lgan ziyoli Zoyirjon Ergashev o’zi Afg’onistonda bo’lgan, yerli aholini yaxsh biladi.

"Afg'oniston bizning eng yaqin qo’shnimiz hisoblanadi. Vaziyatni sog’lomlashtirishni hisobga olgan holda keyingi vaqtdaTojikiston tomonidan Afg’onistonga bir qator yordamlar berilmoqda. Bulardan eng asosiysi elektr energiyasi ta’minotidir. Ikkinchidan, Amerika va Tojikiston hukumati ko’magida Panj daryosi ustiga qurilgan ko’priklar ikki davlat, ikki qo’shni orasidagi aloqalarni mustahkamlashga ijobiy xizmat ko’rsatmoqda. Kelajakda Tojikistonning rivojlanib borayotgan sanoati rivoji uchun, bozorlar kerak bo’lgan paytda Afg’oniston geografik jihatdan muhim ro’l o’ynaydi. Shuning uchun bu ikki davlat xalqlari orasida madaniy sohada, san'at sohasida bordi-keldi yaxshi yo’lga qo’yilsa, har ikki xalqning manfaatiga mos keladi deb o’ylayman. Masalan, biz buyuk afg’on qo’shiqchisi Ahmad Zohirni haligacha sevib tinglaymiz, afg’on yozuvchilarini bilamiz, ularning kitoblarini o’qiganmiz. Mana shunday yo’ldagi aloqalar har ikki xalq manfaatiga xizmat qiladi", - deydi Ergashev.

Xo'jandlik tojik ziyolisi Alisher Oxunov aytadiki, Afg’oniston prezidentining Tojikistonga rasmiy tashrifi mintaqa xavfsizligi ta’milanishini yangi bosqichga ko’taradi.

"Bu shundan dalolat beradiki, ikki davlat o’zaro aloqalarni yangi bosqichga ko’tara olganlar va masalan, mintaqa xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi shartnomalarni olaylik. Terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy tranziti va uyushgan jinoyatchiliklar oldini olishga qaratilgan har qanday kelishuvlar mintaqa davlatlarining tinch-totuv rivojlanishiga xizmat qiladi", - deydi Oxunov.

Kuzatuvchilar fikricha, Tojikiston va Afg’oniston o’rtasidagi aloqalar rivojining istiqbollari, darhaqiqat, porloq bo’lsa-da, hamma narsa afg’on tuprog’ida jangovar harakatlarga chek qo’yilishiga bog’liq.

XS
SM
MD
LG