Breaking News

Amerikada aniq fanlar bo’yicha ilmiy ish qilish, amaliy tajriba imkoniyati


Umed Boltayev, Kolumbiya Universiteti aspiranti. Surat Tojik American Madaniy uyushmasi saytidan olindi (Tajik American Scholars' Symposium)
Umed Boltayev, Kolumbiya Universiteti aspiranti. Surat Tojik American Madaniy uyushmasi saytidan olindi (Tajik American Scholars' Symposium)
Amerikada yashab, ishlayotgan tojikistonlik yoshlar yaqinda bir davraga yig’ilib, muvaffaqiyat sirlari bilan o’rtoqlashdi. Olimlarning birinchi simpoziumida (Tajik American Scholar's First Symposium) universitetga kirish, ilmiy ish qilish, ta’limiy almashinuv kabi mavzular yangradi.

Umed Boltayev
AQShning Kolumbiya Universitetida (Columbia University) nomzodlik ishi ustida mehnat qilayapti. Uning yo’nalishi kimyoviy biologiya va neyro-biologiya (chemistry, neuroscience). Vashingtonda Tojik-Amerika yosh olimlarining birinchi forumida (The 1st Symposium of Tajik American Scholars) u universitetga hujjat topshirish, ilmiy ish yoqlash haqida ma’ruza qildi.

“Tojikistonlik, umuman, markaziy osiyolik yoshlar kamdan kam yordam so’rab murojaat qilishadi”, - deydi u. “Ba’zilar bunga qiziqmaydi, boshqalar ilmiy ishni og’ir deb sohaga kirib ham o’tirmaydi. Bu yo’nalishni tanlagan odam haqiqatda fanga mehr qo’yishi, kam maoshga rozi bo’lib yashashi kerak. Chunki, ochig’i, ilmiy ish qilib odam ko’p topmaydi. Yosh tadqiqotchi qancha vaqtini sarflashi va buning evaziga qancha mablag’ olishini qiyoslasangiz, o’rtada farq juda katta. Bugungi simpoziumga kelishimdan maqsad ham fanga kirishni xohlovchilar bilan tanishish”, - deydi u.

Keng tarqalgan tasavvurlardan biri shuki, Qo’shma Shtatlarda o’qishga kirishni istasa, odamda yaxshigina mablag’ bo’lishi kerak. Umed Boltayev doim ham unday emas, deydi.

“Ilmiy ish, akademik izlanishlar sohasida unday emas, buni sizga komil ishonch bilan aytishim mumkin. Professor o’ziga shogird olar ekan, uning tadqiqotini moliyalaydi. Bu shogirdlarni tanlashda ular o’zi tanigan, haqiqatan ishlashni xohlaydigan, bilimli, qobiliyatlilarni qidiradi. Ikkinchidan, tavsiya xatlari bunda muhim rol o’ynaydi. Yosh kadrning puli bor-yo’qligida emas gap”, - deydi Kolumbiya Universiteti olimi.

Umed Boltayev olgan bilimini vatanda qo’llashni xohlaydi, ammo Tojikistonda soha yaxshi taraqqiy etmagan.

“Men kimyo bo’yicha izlanaman. Tojikistonga jon deb borgan bo’lar edim, lekin bu fan hozir Amerika, Yevropa va Rossiyada keng tarzda o’rganilayapti va imkoniyatlar talay. O’zim Moskva Davlat Universitetini bitirganman va hatto u yerda aspirant chuqur izlana olmaydi. Rossiyadagilar buni juda yaxshi biladi. Amerikada ish topsam, qolaman. Tojikistonda kelgusida kimyo fani rivojlansa, albatta qaytaman”, - deydi olim.

Uning aytishicha, test va tadqiqotlar o’tkazish katta moliya talab qiladi.

“Masalan, Amerikada kimyoviy-biologiya yo’nalishida ikki yillik izlanishlar yarim, ikki million dollarga tushadi. Pul ilmiy jihozlar va kimyoviy elementrlarga ketadi. Ilm-fanga sarmoya kiritish katta tavakkalchilikni ham talab qiladi, chunki izlanishlar natijasiz tugashi ehtimoli bor. Shu bilan birga, muvaffaqiyatli natija ulkan daromadga yetaklashi mumkin. Ishonchim komil, Tojikiston va Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar ilm-fan, texnologiyaga investitsiya kiritishi lozim. Biroq, muammo shundaki, bizning sarmoyachilar tezkor daromadni ko’zlaydi, ilm esa uzoq muddatga hosil beradi. Chunki bir tadqiqot 20 yilga cho’zilishi mumkin", - deydi Umed.

Uningcha, mintaqadagi muammo – hukumatlar va bizneslar fanni qo’llab-quvvatlamaydi. Koreya va Yaponiya misolida ko’rishimiz mumkinki, aynan fanga qo’yilgan pul iqtisodiyotni jadal rivojlantirib yubordi.

"Menimcha, Markaziy Osiyo davlatlari aynan mana shu ikki mamlakat misoliga tayanishi kerak, Rossiyaning tajribasidan ham ko’ra. Iste’dodimiz bor, salohiyatimiz kuchli. O’tgan yili Ulug’bek Barotov Kimyo bo’yicha xalqaro olimpiadada Tojikiston uchun oltin medalni qo’lga kiritdi. Jahon musobaqalarida boshqa sovrinlarga ham sazovor bo’layapmiz. Afsuski, bu talantlar olim sifatida Tojikistonda kelajagini tasavvur qila olmaydi va ilm-fanni tark etib, boshqa sohalarga kirib ketadi”, - deydi Umed Boltayev.

Professor Pulat Pulatov Tojikistonda talabalar almashinuv dasturini yuritadi. Loyiha (International Association for the Exchange of Students for Technical Experience) yosh kadrlarga xorijda aniq, texnik kasb-hunar o’rganish imkonini beradi.

Surat Tojik America Madaniy uyushmasi saytidan olindi (Tajik American Scholars' Symposium)
Surat Tojik America Madaniy uyushmasi saytidan olindi (Tajik American Scholars' Symposium)
“20-25 mamlakat, 4 ming kompaniya bilan ishlayapmiz hozir. Tojikistonlik student Amerikada ta’lim olayotgan bo’lsa ham loyihada qatnashishi mumkin, idoramizga ariza topshirsa bo’lgani. Bolalar bir-ikki yil davomida Amerika va umuman dunyoning boshqa davlatlarida katta universitetlar va kompaniyalarda amaliyot o’taydi. Har yili taxminan 6 ming student praktika o’taydi biz bilan. Idoramiz O’zbekistonda ham ishlab turibdi, lekin ancha zaif. O’tgan yili an’anaviy xalqaro majlisimizda Toshkentdan vakil qatnasha olmadi. O’z paytida O’zbekistondagi idoramizni ochishga o’zim bosh bo’lganman. Mamlakatning salohiyati Tojikistondan ancha ustun ekanini tan olamiz, loyihada faolroq qatnashishini xohlar edik. Xorijlik talabalar O’zbekistonda malaka oshirsa, qani edi! O’zbekistonlik talabalarni ham butun dunyo bo’ylab malaka oshirishga, texnologiya sohasini chuqur o’rganishga jo’natish mumkin”.

Idora nima uchun zaif, degan savolga professor Pulatov hukumatning yordami lozim, deya javob qiladi. Chunki chet ellik talaba O’zbekistonga borganida, uning biror idorada ishlashi, malaka oshirishi uchun ruxsatxona, viza, yotar-turar joyi kabi masalalar ko’tariladi. Tojikistonda bu ish silliq yo’lga qo’yilgan, Tashqi ishlar vazirligi bundan kadrlar uchun alohida vizani muomalaga kiritgan.

“Bu notirojiy, siyosiy bo’lmagan bir loyiha, ta’limiy programma. Biroq uni yuritishda hukumatning qo’llab-quvvatlovi zarur. Talabani qabul qilgan kompaniya yoki universitet unga stipendiya to’laydi, turar-joy, yegulik uchun yetarli o’sha pul. Work & Travel bilan adashtirmang bizni. 20 yildan beri yoshlarga aniq fanlar bo’yicha amaliyot o’tash uchun sharoit yaratib kelamiz. O’nlab birivuchilarimiz butun dunyo bo’lib ishlayapti”, - deydi professor.

Uning ishontirishicha, xorijga chiqib, malaka oshirgan bu mutaxassislarning hammasi vatanga qaytadi.

“Qonun, qoidalarimiz juda qat’iy va hamma talabalarimiz vaqtida uyga qaytadi. Birorta istisno yo’q”, - deya ta’kidlaydi u.

Davomi bor.

Tojikistonlik olimlar forumi, Vashington - Tajik American Scholars
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:35 0:00
XS
SM
MD
LG