Breaking News

Tojik faoli Moskvada pichoqlab ketilgan


Tojik faoli Moskvada pichoqlab ketilgan
Tojik faoli Moskvada pichoqlab ketilgan

Tojikiston muxolifati yetakchilaridan biri, o'tkir maqolalari bilan tanilgan Dodojon Atovulloyev Moskvada pichoqlab ketilgan. Operatsiya orqali uning hayoti saqlab qolingan.

Hujum 12-yanvar kuni kechqurun sodir etilgan. Restoranda oldindan belgilangan uchrashuvni kutib o’tirgan payt noma’lum kishi unga ikki bor pichoq urgan.

Jinoyat ortida siyosiy sabablar borligi va bu Tojikiston siyosiy doiralari ishi ekani gumon qilinadi.

53 yoshli Dodojon Atovulloyev - hukumatning, xususan, prezident Imomali Rahmonning ashaddiy tanqidchilaridan biri.

Moskavada chop etiladigan “Charog’i ro’z” gazetasi muharriri Atovulloyev davlat rahbarini narkotik moddalar savdosi bilan shug’ullanuvchi guruhlarni quvvatlayotganlikda va korrupsiyada ayblab keladi.

U, shuningdek, muxolif “Vatandor” partiyasining ham yetakchisi. Moskvada asoslangan bu harakat Imomali Rahmon siyosatidan norozi tojikistonlik mehnat muhojirlaridan tashkil topgan.

Vatanda Atovulloyevga nisbatan jinoiy ish ochilgan. U konstitutsiyaviy tuzumga qarshi harakat, yuqori lavozimdagi amadorlarga nisbatan haqorat va tuhmatda ayblanadi.

Jurnalistni Tojikistonga topshirish haqidagi murojaatlar hozirgacha Rossiya tomonidan qanoatlantirilmagan.

Tojikiston jurnalistlar uyushmasi, mahalliy va xalqaro tashkilotlar Dodojon Atovulloyevga qarshi uyushtirilgan hujumni keskin qoralab chiqdi.

1990-yillardagi fuqaro urushidan so’ng Tojikistonni tark etishga majbur bo’lgan Atovulloyev Rossiyada yashab keladi. Hukumat vakillari bu ishga aloqador emasligini aytgan.

Parlament a'zosi Suhrob Sharipov matbuotga bergan intervyusida, Atovulloyev boshchilik qilayotgan “Vatandor” muxolif harakati Tojikistondagi vaziyatga ta’sir ko’rsatish darajasida emas, hujum ortida siyosiy sabablar bor degan iddaolar asossiz deb aytgan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG