Yangi qonun Tojikistonda ota-onalarni bola tarbiyasiga javobgar tutadi

  • Amerika Ovozi

Yangi qonun Tojikistonda ota-onalarni bola tarbiyasiga javobgar tutadi

Yangi qonun Tojikistonda ota-onalarni bola tarbiyasiga javobgar tutadi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon “Farzand tarbiyasi uchun ota-mas’uliyati” haqidagi qonunni imzoladi. Unga ko’ra, ota-onalar o’z farzandlarining qilmishlariga javobgar.

“Farzandga milliy qadriyatlar asosida munosib ism berish, uni mustaqil hayotga tayyorlash, 20 yoshgacha o’smirlarni kechasi ko’ngil ochar maskanlari va diniy guruhlarga yo’latmaslik ota-ona zimmasida” deyiladi qonunda.

Hujjatda, shuningdek, 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar masjid, cherkov yoki boshqa diniy ilmgohda emas, oddiy dunyoviy maktablarda ta’lim olishi kerak, deyiladi.

Qonunni huquq himoyachilari, diniy yetakchilar va muxolifat tanqid qilmoqda. Ular nazarida qonun oilaviy hayotga aralashib, yoshlarni diniy ilm olish huquqidan mahrum qiladi.

Hukumat nazarida hujjat yoshlarni radikal g’oyalardan himoya qilishga qaratilgan.

Qo’shma Shtatlar ham chorani tanqid qilib, yoshlar o’z e’tiqodiga sig’inish huquqidan ayriladi, deya xavotir bildirmoqda. Eron nazarida esa Tojikistonda bunday qonunning qabul qilinishi dunyo musulmonlarini haqorat qilish bilan teng gap.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG