Mustaqillik Tojikistonga nima berdi? Javob murakkab


Xo'jand

Xo'jand

SSSR qulagandan so’ng uzoq yillar fuqarolar urushiga sahna bolgan Tojikistonda siyosiy ahvol hamon og'ir. Hukumat va muxolifat imzolagan 1997-yilgi tinchlik bitimiga ko'ra, oppozitsiya 30 foizni tashkil etuvchi tuzum ishga kirishgan. O'sha davrdan buyon tinchlik hukmron Tojikistonda bugun muxolifat yana bosim ostida.

Jamiyatshunos Anatoliy Hayimshoyev fikricha, mamlakatni hali to’la mustaqilikka erishgan deb bo’lmaydi, ba’zi masalalar borki, oliy hukumatni boshqa davlatlar qaramligidan qutqara olmaydi.

"Mustaqillik -davlatning hech bir tashqi muammolarga bog’lanib qolmasligidan iborat. Bugungi sharoitda esa Tojikiston o’z fuqarolarini ish bilan ta’minlay olmaydi. Rasmiy manbalar 600 mingdan ortiqroq mehnat muhojiri qaydga olingan desada, aslida ularning miqdori milliondan ortadi. Har yili birgina Rossiyaning o’zidan 3-4 milliard dollar mardikor puli keladi. Mamlakatda hamma to’y-ma’rakalar, xususiy uy-joy qurilishlari ana shu pul orqasidan, kerak bo’lsa, hukumatni ham mardikorlar boqmoqda deyish mumkin. Rahbarlar mana shunday ko’zguga hech qarasharmikan? Fuqarolar hayoti boshqa davlatlardan kelayotgan pulga bog’lanib qolgan bo’lsa buni mustaqillik deb hisoblaysizmi?" - deb savol qo’yadi Hayimshoyev.

Mahalliy tojik siyosatshunosi, ekspert Abdujabbor Yo’ldoshev deydiki, Tojikiston mustaqillikning barcha atributlariga ega, mamlakat ishonch bilan olg’a ketmoqda, rivojlanish bor, taraqqiyot ko’zga tashlanadi.

"Mustaqillikning o’tgan 24 yili mobaynida xotirada qoladigan qurilishlar bo’ldi, mamlakat shimolini janub bilan doimo bog’laydigan “Istiqlol”, “Anzob”, Qo’rg’onteppada “Shar-shar” tunellari qurildi, yana janub-shimolni bog’lagan elektr energiyasi uzatish tarmog’i bunyod etildi. Rog’un GESini tiklash boshlandi. Tog’li nohiyalarda uch yuzga yaqin kichik GES qurildi. Hamma yerda qurilishlar avj olmoqda. Kim qayerga istasa, o’sha yerga borib yashaydi, ishlaydi, o’qiydi, bemalol hajga boradi. Bularning hammasi mustaqilligimiz sharofati...", - deydi Yo’ldoshev.

Tojikistondagi o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi raisi Ilhom Yusupov istiqlol tufayli mamlakat tom ma’nodagi mustaqillikka erishib, o’zgalarga qaramlik asoratidan qutuldi deb ta’kidlaydi.

"Sovetlar davridan so’ng eng avvalo mustaqillik tufayli ruslar imperiyasidan qutildik, bu eng oliy ne’mat. Oddiy misol: sovetlar davrida bir vaqtlar odamlar bitta yengil mashinam bo’lsa, bankda pulim bo’lsa deb orzu qilardi. Bunga erishishni baxt hisoblard. Hozir hamma oilada 2-3 mashinasi bor, uch-to’rtta uyi ham bor. Sovetlar davrida ayollarimiz, bolalarimiz, o’zimiz ham paxta terardik. Ustimizdan samolyotda zahar sepib ketishsa ham dalada edik. Paxta terishga norma berib qo’yardi. Faloncha terib berasan deb, lekin shu erda yashovchi ruslar bo’lsa 10 kilo teradi. Bizni o’zbeklar bo’lsa 70-80 kilo paxta terardi, adolatdanmidi shu? Hozir esa unaqa ekspluatasiya qilish hollari yo’q. Hech kim sizni majburlamaydi. Tojikiston bo’ylab qayerga borsangiz erkinsiz. Istasangiz Amerikaga borasiz, imkoniyat bo’lsa Yevropa davlatlariga borasiz. Ba’zi bir davlatlarga o’xshab, politsiya davlati emas. Har qadamda to’xtatib qayerdansan, pasportingni ko’rsat, qayerdan, nimaga kelyapsan deb so’ramasa, shuning o’z erkinlik emasmi? Mustaqillik bizga oliy ne’mat, buni biz asrab-avaylashimiz kerak", - deydi o’zbek ziyolisi.

Bayram tantanalari oldidan respublika poytaxti va to’gli nohiyalarda bo’lib o’tgan va davom etayotgan qurolli to’qnashuvlar xalq kayfiyatiga u qadar ta’sir o’tkazmaydi, negaki, bu qurolli xurujlar tezda bartaraf etiladi, deydi tojik siyosatshunosi.

"Bu biron bir manfiiy ta’sir ko’rsatmaydi, chunki biz fuqarolar urushini boshdan o’tkazdik. U o’tgan janglar hammasi tugaydi, gunohkorlar qonun oldida javob beradi. Buni tinchligimizni ko’rolmaydiganlar qasddan tashkil etishdi. U kuchlarga munosib jazo beriladi deb ishonaman", - deydi Abdujabbor Yo’ldoshev.

Mustaqillikning ilk yillarida fuqarolar urushi sabab, sanoati abgor va umuman to’xtab qolgan respublikada hozir yiliga qarib 4 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi. O’rtacha ish haqi 4 somoniydan 600 somoniyga ko’tarilgan. Yo’l-transport, uy-joylar qurilishiga milliard dollar sarflanmoqda, deydi amaldagi siyosatni yoqlovchi kuzatuvchilar.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG