Breaking News

Afg’on-tojik chegarasini kim qo'riqlashi kerak?


Teshik chegara nafaqat Rossiya, balki AQShni ham xavotirga solib qo'ygan
Teshik chegara nafaqat Rossiya, balki AQShni ham xavotirga solib qo'ygan

Uzunligi salkam 1,5 ming kilometrlik Tojikiston-Afg’oniston chegarasi, ba’zi mutaxassislar nazarida yaxshi qo’riqlanmaydi.

Bu esa Afg’onistondan qurolli guruhlar yoki qoradori kontrabandasi mintaqaga oson kirishi mumkin degani.

Bir vaqtlar hudud rus chegarachilari nazorati ostida bo’lib, Tojikiston hukumati bosimi ostida ular uyiga ravona bo'lgan edi.

Ba’zi kuzatuvchilar fikricha, Rossiya qo’shinlari turli bahonalar bilan Tojikiston chegarasiga qaytmoqchi.

Rossiya chegara qo’shinlarining tojik-afg’on sarhadlariga qaytish ehtimoli haqida Tojikistonda tobora ko’proq gapirmoqdalar. Mustaqil matbuot va elektron axborot vositalarida bu borada jiddiy tahlillar bo’lmoqda.

Ba’zi kuzatuvchilarning aytishicha, bu aniq bo’lib, vaqt masalasidir. Tojik ziyolisi deydiki, hozir bo’lmasa, 5-6 yildan so’ng ular albatta qaytadi.

O’zbek ziyolisi Nurillo Nishonov Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi chegara borasida Rossiya armiyasiga tayanib keladi deydi. Uningcha, hozir Rossiya chegarachilarining kelishi foydalidir.

Afg’on-tojik chegarasini kim qo'riqlashi kerak?
Afg’on-tojik chegarasini kim qo'riqlashi kerak?

“Bu ham Rossiya, ham Tojikiston tinchligi uchun. Qo’shning tinch - sen tinch. Afg’oniston tomondan notinchlik bo’lsa, Tojikistonda tinchlik bo’lmagandan keyin, demak, bu Markaziy Osiyoda tinchlik yo’q degan gap. Mintaqada beqarormi, demak, Rossiya beqaror”.

Tojik jurnalisti Abduvosit Salimzoda Tojikiston chegarasini o’z armiyasi qo’riqlashi kerak deydi.

“Bu yolg’iz mening fikrim emas. Tojik harbiylari, chegarachilari, ko’pchilik chunday deydi. Chunki vatanni begonalar hech qachon o’zimizday qo’riqlamaydi. Afg’oniston bilan chegara juda uzun bo’lgani uchun, fikrimcha, ruslar maslahatchi va yordamchi bo’lib ko’mak ko’rsatsalar zarar qilmasdi”.

Tojikistonlik olim, professor Erali Sheraliyev begona davlat armiyasi kirib kelganidan so’ng uning o’ziga yarasha tashvishlari bo’lishini ta’kidlaydi.

“Tojikistonda yashayotgan 7 million xalqning o’g’lonlari respublika hududini to’la himoya qila oladi degan fikrdaman. Negaki, maktablar, oliy o’quv yurtlari bolalarimizni vatanparvar qilib tarbiyalamoqda. Biz o’zimizni o’zimiz himoya qilganimiz afzal” , -deydi olim.

Sobiq deputat, taniqli tojik yozuvchisi Bobojon Ikromov rus harbiylarining chegaraga qaytishi to’g’risidagi gaplarni jiddiy qabul qilmaydi.

“Bozordagi gaplar bor, ko’chadagi gaplar bor, rasmiy chiqishlar bor. O’zaro shartnomaga ko’ra, ruslar bugungacha chegarachilarimizga ko’mak ko’rsatishardi. Bu shartnoma muddati 2010 yili tugadi”, -deydi sobiq deputat.

Uning aytishicha, Rossiyaning vazifasi maslahat bilan cheklanadi.

“Afsuski, Afg’oniston bilan chegarada mushkulliklar sabab, biz nafaqat Rossiya, balki dunyoning boshqa davlatlari yordamiga ham muhtojmiz” - deydi u.

Tojik yozuvchisining aytishicha, bu masalada AQSh ham Tojikistonga ko’mak ko’rsatib, chegarachilarga zamonaviy texnik uskunalar uzatgan.

Ham Tojikistonda, ham Amerikada soha bo’yicha bilim olishlarini qo’llagan.

XS
SM
MD
LG