Tog'li Badaxshonda jangarilar taslim bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Badaxshon, 24-iyul, 2012

Badaxshon, 24-iyul, 2012

Tojikistonning Tog’li Badaxshon muxtoriyatida armiya yangi operatsiya haqida ogohlantirgach, jangari kuchlar qurolini topshira boshlagan.

Janglar o’tgan ikki kun ichida bir oz to’xtagan edi. Ichki ishlar vazirligi qurolini tashlab, taslim bo'lganlar prezident qaroriga muvofiq avf etilishini tasdiqlamoqda.

Xorug', Tog'li-Badaxshon poytaxti, Afg'oniston bilan chegaradosh hudud. Aholining asosiy qismi o'zini pomiriy deb biladi.

1990-yillarda bu yer islomiy kuchlar o'chog'i bo'lgan. Fuqarolik urushida 100 mingga yaqin odam halok bo'lgan.

Mintaqada aloqa vositalari, xususan, telefon va internet cheklab qo'yilgan.

Hafta boshida hukumat Badaxshonga harbiy vertolyotlar va boshqa og'ir qurollar safarbar etgan edi. 17 zobit, 30 jangari, 1 fuqaro o'lgan. O’nlab jangari qo'lga olingan.

Operatsiyaga turtki bergan voqea - Tog'li-BadaxshonMilliy Xavfsizlik Qo'mitasi raisi general Abdullo Nazarov o'ldirib ketilgani.

Halok bo'lgan askarlar... "Reyter" axborot agentligiga ko'ra, suratning qachon olingani noma'lum. (Suratni kattalashtirish mumkin)

Halok bo'lgan askarlar... "Reyter" axborot agentligiga ko'ra, suratning qachon olingani noma'lum. (Suratni kattalashtirish mumkin)

Tojikiston hukumati qotillikda Tolib Ayombekov, sobiq jangari va yaqingacha Ishkashim chegara xizmati qo'mondoni bo'lgan shaxsni ayblaydi.

Uni qo'lga olish harakatlari hozirgacha natija bermagan. Ayombekov Afg'onistonga qochgani taxmin qilinadi.

Ayombekov, deydi rasmiylar, o'z qoradori va tamaki biznesini himoya qilish uchun Nazarovni o'ldirtirgan.

Badaxshon, 26-iyul, 2012 (Suratni kattalashtirish mumkin)

Badaxshon, 26-iyul, 2012 (Suratni kattalashtirish mumkin)

Ayombekov esa bu tuhmat, general Nazarov ichkilikdan chiqqan to'polonda o'lgan, deydi.

Tojikiston hukumatiga ko'ra, Ayombekov yillardan beri qoradori va tamaki savdosidan tushgan daromadi evaziga o'z noqonuniy qurolli guruhini boshqarib keladi va bir necha vahshiy qotilliklar ortida turibdi.

Rahbariyat qurolni tashlab, Nazarovning qotilini oshkor etish talabini qo'ygan. Ayombekov va uning odamlari rad javobi bergan.
Xorug' shahri (Suratni kattalashtirish mumkin)

Xorug' shahri (Suratni kattalashtirish mumkin)


Ayombekov qayerda ekani noma’lum. Ayrim manbalarga ko'ra, u Afg'onistonga qochgan.

"Amerika Ovozi" bilan gaplashgan tojikistonliklar Badaxshondagi yaqinlari taqdiridan xavotirda ekanini aytadi. Aloqa uzilib qolgan. 20 dan ortiq tojikistonlik kuni-kecha Vashingtonda, Tojikiston elchxonasi oldida norozilik namoyishi qildi. Ular hukumatni fuqaro huquqlarini hurmat qilishga, operatsiyalarni to'xtatishga chaqirdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG