Tojikiston ziyolilari: Amerika madadi, ilmi va sarmoyasi muhim

  • Amerika Ovozi

11-12 aprel kunlari Dushanbeda Amerika-Tojikiston yillik muloqoti bo’lib o’tgan edi

11-12 aprel kunlari Dushanbeda Amerika-Tojikiston yillik muloqoti bo’lib o’tgan edi

AQSh Tojikistonda sog’liqni saqlash va maorif sohalarini rivojlantirish, huquq-tartibot tizimini yaxshilash, terrorizmga qarshi kurash va xavfsizlik, iqtisodni taraqqiy ettirish yo’lida o'tgan yillar ichida 1 millard dollarga yaqin mablag’ ajratgan.

Ziyolilar nazarida aloqalar mustahkam ekani Markaziy Osiyo va qo’shni Afg’oniston uchun muhim.

Rahbariyat AQSh bilan yaqinlik Rossiyaga yoqmasligini tushunadi, ammo G'arb bilan rishtalarni mustahkamlash - tashqi siyosatdagi asosiy yo'nalishlardan biri.

Dushanbe

Dushanbe

Yosh jurnalist, Xo’jand Davlat Universiteti uchinchi kurs studenti Mahmudiy Ahmad Amerikada ko’plab tojik yoshlari o’qib, malaka oshirishini istaydi.

“Tojik talabalari til o’rganadilar, yangi texnologiyalar haqida ko’proq ma’lumot olishadi. Amerika bilan tanishish tengdoshlarimiz hayotini o’zgartirib yuborganiga guvoh bo’lganman”, - deydi student.

Dushanbe

Dushanbe

Tojikiston Islom uyg’onish partiyasi So’g’d viloyat vakili, biologiya fanlari nomzodi, olim Dadajon Yoqubov AQSh-Tojikiston aloqalariga ijobiy baho beradi.

“Amerika Tojikistonga yordam berayapti”, - deydi Yoqubov.

Uning fikricha, Qo'shma Shtatlar ko’proq investisiya olib kirishi kerak.

“Energetik sektorga sarmoya zarur. Negaki, biz Markaziy Osiyoda eng yirik Rog’un GESini bitkazsak, nafaqat Tojikistonga, balki Afg’oniston va Pokistonga ham elektr toki berishimiz mumkin”, - deydi olim.

Yoqubov Tojikiston qishloq xo’jaligiga asoslangan mamlakat ekanini eslatadi.

Dushanbe

Dushanbe

“Birinchi galda odamlar uchun eng kerakli mahsulotlarni ishlab chiqarishimiz kerak. Paxtaga e’tibor berish zarur”, - deydi Yoqubov.

“Uchinchidan, endi vaqt keldiki, og’ir sanoatni, tog’-kon sanoatini yo’lga qo’yishimiz kerak. Negaki, Tojikistonda qimmatbaho kimoyoviy elementlar serob. Mendeleyev jadvalidagi hamma elementlarni Qurama, Turkiston, Pomir tog’laridan topish mumkin. Keyin qimmatbaho toshlar bilan ishlashni o’rganish kerak. Buning uchun birinchi galda investisiya, mutaxassislar kerak. Rangli metallurgiya, neft-gaz sohasida ishlab chiqarisni yo’lga solsak, Tojikiston iqtisodi taraqqiy etadi”, - deydi olim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG