Breaking News

Muxolifat: Tojikistonda saylov har doimgidek adolatsiz o'tdi


Xo'jand
Xo'jand

Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratiya va inson huquqlari idorasi kuzatgan saylovda nomzodlar ko'p bo'lgani bilan targ'ibot ishlari cheklangan tarzda olib borilgan va ovozlar to'g'ri sanalishiga ishonch yo'q. Jarayon demokratik talablarga javob bermadi, deyiladi tashkilot bergan dastlabki hisobotda. Saylov hukmron Xalq demokratik partiyasining g'alabasi bilan yakunlandi. Muxolif partiya rahbarlari natijani qoralamoqda.

Tojikistonda parlament saylovi o'tdi, Ravshan Shams
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:09 0:00

Bu- Tojikiston mustaqilligidan so’ng o’tkazilgan to’rtinchi saylovdir.

Respublika bo’ylab 3209, dunyoning 27 mamlakatida esa 35 saylov uchastkasi tashkil etilgan. Rasmiylarga ko’ra, qayddan o’tkazilgan 4 million 300 mingdan ortiq saylovchining 88 foizga yaqini siyosiy tadbirda faol ishtirok etgan.

Tojikiston demokratik partiyasi Sug’d viloyati raisi Abdujabbor Yo’ldoshev fikicha, saylov davomida partiyalar ahil bo’lmagan, ko’p xatoliklar o’tgan.

"Siyosiy partiyalar ahil emas edi, birlasholmadilar, mavjud qonunlar doirasida bir joyda o’tirishib, seminarlar tashkil etib, kamchiliklarni oldindan muhokama qilib, tahlil etib tayyorgarlik ko’rishimiz kerak edi. Bu bizning kamchiligimiz. Tushungan saylovchilarning marakadan ko’ngli qoldi, Kam bo’lsa ham nomzodlar qayddan o’tkazilishi kerak edi. Bo’lgan xatoliklar bo’ldi, o’tib ketdi, kelajakda bizlar ham tuzatamiz, lekin kim qonunga rioya qildi-yu, kim qonunni buzdi, istasak-istamasak bu tarixda qoladi, - deydi Yo'ldoshev.

Tojikistonning Tog’li Badaxshon muxtor viloyatida Sotsial demokratik partiyadan deputatlikka nomzod, taniqli muxolifatchi Alim Sherzamonov saylov tazyiq va bosimida o’tganligini ta’kidlaydi.

"Saylov mahalliy hukumat va davlat organlari, kuch tizimlarining tazyiqlari ostida o’tdi. Ichkarida ham, tashqarida ham, oldinlari ham qishloqlarda kerakli odamlarga ovoz berasan deb tazyiq qilishgan. Saylov uchastkalarida saylov qutilari muhrlanmagan edi, bu saylov ham ilgarigidek, adolatsiz bo’lishini, ozod bo’lmasligini oldindan bilardik, lekin harakatimizni to’xtatmaymiz", - deydi muxolifat vakili.

Sotsial demokratik partiya raisi Rahmatullo Zoyirov, Islom uyg’onish partiyasi liderlaridan Muhammadali Hayit ham saylovning bosim va tazyiqlar ostida o’tganini ta’kidlab, ba’zi arzu-shikoyatlar tegishli komissiyalar tomonidan tekshirilishini aytishsa, kommunistlar yetakchisi Shodi Shabdolov saylovni “masxarabozlik” deb atadi. Demokratik partiya raisi Saidja'far Ismonov saylov ko’p jihatdan demokratik o’tganligini qayd etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, partiyaviy ro’yxat bo’yicha saylovda Majlisi Oliy - namoyandalar najlisidagi 22 o’rindan hukmron Xalq demokratik partiyasi 16 o’rin ola bilgan bo’lsa, agrar partiya 3, iqtisodiy islohotchilar 2, sotsialistlar 1 o’rinni qo'lga kiritgan. Xalq demokratik partiyasi rahnamosi Prezident Imomali Rahmondir.

OBSE kuzatuvchilari saylov juda past saviyada o’tganini ta’kidlab, mustaqil va haqqoniy o’tmaganiga urg'u bermoqda.

XS
SM
MD
LG