Emomali Rahmon: Tojikiston 3 yilda o’zini energiya bilan ta’minlay boshlaydi


Emomali Rahmon: Tojikiston 3 yilda o’zini energiya bilan ta’minlay boshlaydi

Emomali Rahmon: Tojikiston 3 yilda o’zini energiya bilan ta’minlay boshlaydi

Tojikiston kelasi 3 yilda energetik mustaqillikni qo’lga kiritib, elektr quvvati taqchilligidan qutulishi mumkin. Prezident Emomali Rahmon bu haqda parlamentda nutq so’zladi.

Uning ta’kidlashicha, respublikada ana shu maqsadga qaratilgan o’nlab kattayu-kichik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Emomali Rahmon: Tojikiston 3 yilda o’zini energiya bilan ta’minlay boshlaydi

Emomali Rahmon: Tojikiston 3 yilda o’zini energiya bilan ta’minlay boshlaydi

“Sangto’da-2 gidroelektrostansiyasi bitkazilishiga oz qoldi va yaqin orada ishga tushishi kerak”, - deydi Rahmon, Eron homiyligida qurilayotgan loyihaga ishora qilib.

“Kelajakda Tojikiston tabiiy gazga bo’lgan ehtiyojlarini ham o’zi qoplashga qurbi yetadi”, - dedi prezident.

Hozir Tojikiston gazni asosan qo’shni O’zbekistondan xarid qiladi. O’tgan yillar mobaynida rasmiy Toshkent mahsulot bahosini bir necha barobar ko’targan. To’lov kechikishi va boshqa siyosiy sabablarga ko’ra ta’minot uzib qo’yilishi ham odatiy hol.

Qonunchilar oldida so’zlar ekan, president Rahmon Tojikistonning 87 gaz konida qazish ishlari ketayotganini bayon qildi, ham mahalliy, ham xorijiy kompaniyalar ishtirokida.

Emomali Rahmon: Tojikiston 3 yilda o’zini energiya bilan ta’minlay boshlaydi

Emomali Rahmon: Tojikiston 3 yilda o’zini energiya bilan ta’minlay boshlaydi

Ammo O’zbekistonning keskin tanqidiga uchrayotgan loyiha bu - Rog’un to’g’onidir. Tojikiston uni qurib bitkazish uchun 2 milliard dollardan ziyod sarmoya jalb qilishi kerak.

Bo’lajak inshoot yiliga 3,6 milliard kilovat energiya ishlab chiqarishga mo’ljallangan bo’lib, Afg’oniston va Pokistonga eksport qilishga ham yetadi.

Jahon Banki va BMT singari xalqaro tashkilotlarga shikoyat bilan chiqqan O’zbekiston rahbariyatining da’vosi shuki, Rog’un butun regionni tahdid ostiga qo’yadi. Nafaqat qishloq xo’jaligi, balki millionlab odamlarni ichimlik suvidan ayirishi mumkin.

XS
SM
MD
LG