Vashingtonda Tojikiston bilan hamkorlik muhokamada

  • Amerika Ovozi

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiy, Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiy, Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiy kecha Vashingtonda AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton bilan ko’rishdi.

"O’zaro mustahkam aloqalarni yanada pishiqroq va kengroq qilish yo’llarini muhokama etishga tayyormiz", - dedi Klinton.

Bu hafta tomonlar bir davrada o'tirib, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni mustahkamlash haqida gaplashmoqda.

Obama ma'muriyati Markaziy Osiyoning har bir davlati bilan yillik maslahatlashuvni yo'lga qo'ygan. Diplomatlarning aytishicha, bu muloqot yuzma-yuz, ochiq fikr almashish imkoniyatini beradi. Tanqidchilar nazarida esa uch yil oldin boshlangan bu maslahatlashuvlar hozirgacha biror konkret natija bermagan.

Tojikiston Afg’onistondagi xalqaro koalitsiyaga zarur anjomlar yetkazishda ko'maklashib kelayotgan davlatlardan biri.

Zarifiy ta’rificha, Vashington-Dushanbe rishtalari mahkam, ikki do’stona mamlakat strategik hamkorlar.

Uning aytishicha, muzokaralarda nafaqat Amerika bilan hamkorlik, balki Markaziy Osiyo xavfsizligi ham keng muhokamada, shuningdek, regional masalalar. Vashington Afg'oniston bilan uzun chegaraga ega bu davlatga xavfsizlikni mustahkamlash, qoradori savdosiga qarshi kurashda yordamlashish uchun o'nlab million dollar ajratgan.

Tojikiston va qo'shni Qirg'iziston mintaqada AQShdan eng ko'p texnik va moliyaviy madad oladigan davlatlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG