Breaking News

Tojikistonda Amerikaning bugungi roli haqida turlicha fikr-mulohazalar


"AQSh Markaziy Osiyo davlatlari bilan ishlar ekan, xayolida doimo Afg'oniston", - deydi siyosatdonlar.
"AQSh Markaziy Osiyo davlatlari bilan ishlar ekan, xayolida doimo Afg'oniston", - deydi siyosatdonlar.

Bir tomonda Afg’onistondagi urush, ikkinchi tomonda Qirg’iziston va Tojikistondagi to’qnashuvlar mintaqaga e'tiborni oshirmoqda.

Aksariyat tahlilchilar fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari muammolarni o’z kuchi bilan yenga olmaydi, xalqaro hamjamiyat yordamiga muhtoj.

Ekspertlar Markaziy Osiyoni azaldan qudratli davlatlar geosiyosiy o’yinlari sahnasi deb kelgan.

Ba’zilar hatto Qirg’izistondagi yozgi fojia va Tojikiston tog’larida jangarilarga qarshi operatsiyalarni shuning kichik epizodi deb ko’radi.

Аmerikaning Markaziy Osiyodagi manfaatlari borasida ziyolilarning fikri turlicha.

Tahlilchi Jo’ra Yusufiyning aytishicha, Afg’oniston - AQSh uchun birinchi masala.

“Аmerikaning bu o’lkada bo’lishining boshqa bir sababi, regionda demokratik, siyosiy jarayonlarni rivojlantirish. Qo’shma Shtatlar Markaziy Osiyoda siyosiy-huquqiy targ’ibotga ham zo’r bermoqda. Chegara, bojxona xizmatchilari, olimlar malakasini oshirish, studentlar, hatto o’quvchilarni jalb etish, ularga sharoit yaratib berish shular jumlasidan”, - deydi u.

O’qituvchi-jurnalist Abdurshid Burgutov yoshlarning chetda o’qishini yoqlamaydi.

Uning fikricha, G’arbdan yaxshi siyosiy bilim olsa bo'ladi. “Lekin o’zga davlatda bek bo’lgandan, o’z yeringda cho’pon bo’lgan afzal”, - deydi u.

“Qaysi davlat bo’lmasin, bir joyda joylasharkan, u yerni o’zinikiday qilishni istaydi”, - deydi ba'zilar Rossiya va AQShning manfaatlarini qiyoslab.
“Qaysi davlat bo’lmasin, bir joyda joylasharkan, u yerni o’zinikiday qilishni istaydi”, - deydi ba'zilar Rossiya va AQShning manfaatlarini qiyoslab.

Bobojon Gafurov tumanidagi 29-o’rta maktabda geografiya o’qituvchisi Hasanjon Abdug’aniyev AQShning Markaziy Osiyodagi qiziqishini sobiq sho’rolar davri bilan qiyoslaydi.

“Qaysi davlat bo’lmasin, bir joyga kelib joylashdimi, u yerni o’ziniki qilib olishni istaydi”, - deydi u.

“Mana ruslar keldi, bizni ruslashtirmoqchi bo’ldi. Bir qism odam rus ham bo’ldi. Agar shunday ketaversa, butunlay o’ris bo’lb ketardik. Amerikaliklarning bu yerda manfaati shuki, xalqni o’zlariday, ya’ni amerikalik qilib olish”, - deydi muallim.

Sug’d viloyat O’zbek ma’naviyat va ma’rifat markazi raisi, tahlilchi olim Ilhom Yusupov Amerikaning regiondagi manfaatlarida ikki asosiy omilni ko’radi.

“Amerika Markaziy Osiyo va umuman, sobiq Sovet davlatlariga doim qiziqib kelgan. Birinchidan, Rossiya atrofida o’z bazalarini o’rnatish. Buning hammasi Rossiyaga qarshi qaratilgan”, - deydi Yusupov.

“Ikkinchi nuqtayi nazardan, Markaziy Osiyo resurslarga juda boy. Bu resurslar Yevropa va yon qo’shnimiz Xitoy va boshqalarni ham qiziqtiradi”, - deydi u.

Jurmalisti Jo’ra Yusufiy Amerika mintaqada qanchalik o’rnashishini vaqt ko’rsatadi deydi.

“Nazarimda, Qirg’izistondagi voqealar va o’zimizdagi terroristik harakatlardan saboq olib, dunyoning bu qudratli davlati tajribasidan o’rnak olsak, foydadan xoli bo’lmas edi”, - deydi u.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG