Tojikistonda vertolyot qulab, 28 ofitser halok bo’lgan

  • Amerika Ovozi

Tojikiston notinch va ma’murlarning aytishicha, Afg’onistonda NATOdan qochgan Tolibon va al-Qoida qo’shni davlatlarga kirib bormoqda

Tojikiston notinch va ma’murlarning aytishicha, Afg’onistonda NATOdan qochgan Tolibon va al-Qoida qo’shni davlatlarga kirib bormoqda

Tojikistonda jangarilarga qarshi operatsiyalar paytida kamida 34 harbiy halok bo’lgan. Kecha tog’li mintaqa, Rasht vodiysida askarlar mingan vertolyot qulab, 28 zobit nobud bo’lgan.

Tojikiston Milliy Gvardiyasi izohicha, MI-8 rusumli vertolyot halokati natijasida faqat to’rt kishi jon bergan. Bunga texnik nosozlik sabab bo’lgan, deydi rasmiylar.

Hududda ro’y bergan portlash esa yana olti askarni hayotdan olib ketgan. Afg’oniston bilan chegara yaqinida, Rasht vodiysida o’tgan oy jangarilar harbiy kolonnaga hujum qilib, 28 zobitni o’ldirgach, hukumat qarshi chora ko’r boshlagan.

Vodiy bot-bot nishonga olinmoqda va hafta boshidan beri besh jangari yo’q qilingan. O’zbekiston Islomiy Harakati sentabrdagi xurujni biz qildik, deya da’vo qilgan.

Tojikiston ma’murlarining aytishicha, Afg’onistonda NATOdan qochgan Tolibon va al-Qoida qo’shni davlatlarga kirib bormoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG