Tojikiston hukumati xorijdagi muxolifatga ham tazyiq o'tkazmoqda

  • Amerika Ovozi

Tojikiston xavfsizlik kuchlari Dushanbe ko'chalarida, 4-sentabr, 2015-yil.

Tojikiston xavfsizlik kuchlari Dushanbe ko'chalarida, 4-sentabr, 2015-yil.

"Human Rights Watch" xalqaro inson huquqlari tashkiloti chiqargan yangi tahlilnomaga ko'ra, Tojikiston hukumati siyosiy muxolifat vakillarini hibsga olish va qiynoqqa tutish amaliyotini davom ettirmoqda.

Hukumat, shuningdek, xorijdagi tanqidchilarni nishonga olmoqda. Muxolif qarashdagi shaxslar xorijda g'oyib bo'lib, so'ngra Tojikistondagi sud zallarida paydo bo'lishi holatlari uchrab turibdi, deyiladi tahlilnomada.

2015-yil sentabrida Tojikiston Islomiy uyg'onish partiyasi faoliyati taqiqlanib, unga terrorchi tashkilot deya tamg'a bosilgach, tazyiqlar yanada kuchaygan.

O'tgan yilning mart oyida muxolifat vakili Umarali Normatov Turkiyaning Istanbul shahrida otib ketilgan edi. Bu jinoyat ortida Tojikiston hukumati turgani taxmin qilinadi.

Dushanbe, shuningdek, Belarus, Qirg'iziston, Qozog'iston, Moldova, Rossiya, Turkiya kabi davlatlarda yashovchi siyosiy faollarni hibsga olib, majburan vatanga qaytarmoqda.

Hibslar to'lqini 2015-yil 16-sentabrda boshlangan. Shundan beri Tojikiston Islomiy uyg'onish partiyasiga aloqador yuzlab odam qamoqqa olingan. Partiya yetakchilaridan iborat 16 kishining sudi shu yil 9-fevralda boshlandi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG