Bir necha yillik qonli urush ketidan mamlakat astalik bilan o'zini o'nglay boshladi. Biroq Tojikiston hali ham Markaziy Osiyoning eng qashshoq jamiyatidir.

Tojikiston mustaqillikning 23 yilligini nishonlamoqda. Respublika poytaxti va chegara hududlarida xavfsizlik choralari yanada kuchaytirilgan. Chunki bayram tantanalari tugab tugamay Dushanbeda Shanxay hamkorligi tashkilotiga a’zo mamlakatlarning prezidentlari navbatdagi sammitga yig’iladi.

Tojikiston mustaqillik yillarida dunyo sahnasida o’z o’rniga ega bo’ldi. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’ldi, iqtisodi bir muncha o’nglandi.

Lekin haligacha bu mamlakat regionda eng qashshog’i bo’lib kelmoqda. Xalqning asosiy daromad manbalaridan biri bu chet elda ishlayotgan mehnat muhojirlari yuboradigan pul.

Mustaqillik yillarida Tojikiston aholisi nufuzi 20 foizga ortib, 8 milloin 400 mingga yetdi.

Ishga yaqorli qatlamning 70 foizini 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etadi, lekin ulaning yarmidan ortig’i ishsiz.

Ishsizlik, qashshoqlik va korrupsiya ishga yaroqli aholini mehnat muhojirligiga mahkum etmoqda.

Tojik jurnalisti Komron Sharif Tojikistonda korrupsiya va mahalliychilik, oilaviy hukmronlik taraqqiyotga to’siq bo'lmoqda deb hisoblaydi. Tegishli idoralarda, hukumat doiralarida qarindosh urug’ingiz bo’lmasa, ishingiz bitmaydi.

“Odamingiz bo’lmasa, amerika ko’kchasidan uzatmasdan hech kim ishini yurita olmaydi. O’rtahol sinf shakllanmagan, xalq sarson, bu mustaqillik emas, bu – qullik, boshqalarga qaramlikning o’zi”.

Sho’rolar davridan so’ng siyosiy va iqtisodiy erkinlikni ko’rgan keksa o’qituvchi Abdurahmon Sharipov Tojikistondagi hozirgi ahvolni a’lo hisoblaydi. Unga bugungi iqtisod ma’qul. Нozir hamma a’lo darajada yashamoqda, butun rahbariyat xalq g’amida, yoshlar ham o’rganib bormoqda, deydi u.

“Boshiga tushgandan keyin yoshlar ham yo’lini topib ketmoqda. Bozor iqtisodiyoti yaxshi. Pulingiz bo’lsa istagan narsani olib yeysiz, birov halal bermaydi. Ter to’kib ishlash kerak va mehnat qilish kerak, pul topish kerak”,- deydi Sharipov.

Mahalliy bank xodimi Gulafzo Xolova mustaqillkni himoya qila bilish kerak, hech kim sizga yordam qilmaydi, hamma narsa odamning o’ziga bog’liq deb hisoblaydi.

“Biz-tojiklar bir tan-bir jon bo’lib ish olib borsak kelajagimiz nurli bo’ladi. To’la mustaqillikka erishganimizga qadar og’ir urushni ko’rdik, asoratlari haligacha ketgani yo’q, hamjihat bo’lishimiz zarur”.

Tojikistonlik o’zbek adiblari mustaqillik sabab ma’naviyatda asosiy manba bo’lgan qo’shni O’zbekistondan butunlay ajralib qolganiga taassuf bildiradi. Hegaki, shu muddat davomida o’zbek maktablari til, bilim, ma’rifat va tarbiya jihatdan juda cho’kib ketdi, chunki manbalardan ajralib qoldi.

Yaqinda 60 yoshlik yubileyini nishonlagan o’zbek shoirasi Zulfiya Boboyeva o’z orzu-umidlari uchun kurashuvchi xalqni kuylaydi, elni ogohlikka da’vat etuvchi sh’erlar yozadi.

“Bedor xalq bo’lsa, o’zini qadrini bilgan xalq bo’lsa, o’zini iqtidorini, talantli farzandlarini qadrlaydigan xalq bo’lsa, shunday xalqni orzu qilaman. “Uyg’onmagan xalq” nomli she’rim shu mavzuga bag’ishlangan”.

Nafratga sazovor uyg’onmagan xalq,

Oyoq ostida xor uyg’onmagan xalq.

Zaminning mudroqqa mukofoti bu,

Yo’lingda chohlar bor uyg’onmagan xalq.

Musicha qismati kutar ayozda,

Qular bir yog’sa qor uyg’onmagan xalq.

Suv sepib ketadi birov tagiga,

Qilmas o’zidan or uyg’onmangan xalq.

Dunyo bozorida narx arzon,

Mol ko’p, sarobga xaridor uyg’onmagan xalq.

Badaning temirmi, toshlar uyg’ondi,

Ojizsan yo nochor uyg’onmagan xalq.

Haq dedim istagim bir jo’sh urganda,

Xalq emas, asli mor uyg’onmagan xalq.

Tojik eksperti Jo’ra Yusufiy fikricha, mamlakatda Rog’un GESi ishga tushgach, energetik va kommunikasion mustaqillikga erishgandan keyingina haqiqiy istiqlol haqida gapirish mumkin bo’ladi.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG