Breaking News

Ijodkorlar ahilligi - yakdillik va birlikdan dalolat


Mustaqillikning dastlabki yillarida Tojikistonda qonli birodarkushlik urushining boshlanishi sabablaridan biri mahalliychilik va viloyatlarning bir-biridan uzilib qolganligi edi.

Respublikada tinchlik o’rnatilgach, hukumat bunga barham berish uchun yo’llar qurilishi, adabiy-madaniy aloqalarni mustahkamlashga intildi. Bu ishda mahalliy notijoriy nohukumat tashkilotlar va ziyolilar ancha faol.

Shimol, janub va sharq yaqinligini ta’minlash yo’llaridan biri ijod ahli hamkorligidir.

"Tojikistonda yashab turib, bir umr Badaxshonni ko’rmay o’tganlar talaygina. So’g’dda Badaxshon, Tavildara, Hisor borasida mahalliy aholida tasavvur uyg’otish, o’zaro aloqalarni mustahkamlash eng avvalo ijodkorlar ahilligi bilan bo’ladi", - deydi xo'jandlik yozuvchi Husniniso.

Yozuvchi Munavvara Oymatova mintaqa ijodkorlari orasida o’ziga xos mahalliychilik va guruhbozlik shakllanishisning sababi ayrim shaxslarning harakati tufayli deb biladi.

Respublikaning ikki mintaqasi, Hisordan shoirlar Hasan G’oyib va Xo'janddan Odil Ikromlar "Facebook" sahifalarida regiondagi guruhbozlik va tarqoqlikni muloqotning ozligi bilan izohlarkanlar, aloqalarni qo’yi pog’onalarda kuchaytirish zarurligini ta’kidlashadi.

Geografik jihatdan baland qorli tog’lar bilan o’zaro ajratib qo’yilgan region ziyolilari mushtaraklik tuyg’ulari rivojlanirilishi tarafdori. Aloqa faqatgina rahbarlar yig’ini va yo bayram tantanasi uchungina emas, oddiy fuqorolarning kundalik tarziga aylanishi lozim, deydi ular.

Birlik, ahillik va yagonalik haqida ko’p gapirilsada, masalan oddiy xizmatchi u yoqda tursin, Badaxshonda yashovchi shoir yoki sana’tkor xojandlik qalamkash haqida hech nima bilmasligi mumkin.

"Yashirishga na hojat, bugungi sharoitda hamma o’zi bilan o’zi ovora. Hatto sho’rolar davridagi regionlar aloqasi bugungidan yaxshi edi. Ziyolilar orasidaki, tarqoqlik bo’lsayu o’zaro aloqa bog’lanmas ekan, birlik haqida gapirish safsata hisoblanadi. Buni yaxshi anglagan holda bir necha bor So’g’d ijodkorlarining janub regionlariga ijodiy safarlarini tashkil etdik", - deydi So’g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi raisi Ilhom Yusupov.

So’g’dning Istravshanidan shoir va yozuvchi Jamshed, Xo'janddan publisist Hakim Zokir, Panjakentdan jurnalist Rayimberdi Berdiev boshchiligidagi ijodkorlarning Tojikiston janubiy mintaqalariga safari o’rtadagi ana shunday uzilishlarga barham berishga qaratildi.

Hisordagi qadimiy dahalarga safar, mahalliy aholi bilan o’tkazilayotgan qator tadbirlar janubiy mintaqa aholisida ijobiy ta’surotlar qoldirmoqda.
XS
SM
MD
LG