Breaking News

Dushanbeda suv anjumani: Rahmon hamkorlik haqida gapirib, yurti talablarini eslatdi


Dushanbe
Dushanbe
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida BMT, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Islomiy Hamkorlik Tashkiloti, Xalqaro Suv Kengashi kabi organlarning vakillari ishtirokida ikki kunlik anjuman o’tdi.

Suv anjumani - Tojikiston-O'zbekiston/Ravshan Shams
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:01 0:00
Yuklab oling

O’zbekiston-Tojikiston aloqalari Rog’un GESi loyihasi sabab tarang. Toshkentdan bu yig’inga Qishloq xo’jaligi va suv resurslari vazirligidan yuqori lavozimli rasmiylar borgan. Delegatsiya a'zolari tabiiy boyliklardan samarali foydalanish, suv xo'jaligi, ta'minot tizimlari va irrigatsiya vositalarini yangilash va rivojlantirish xususida so'zlagan.

Dunyoda har hafta besh yoshgacha bo’lgan 40 mingdan ziyod go’dak suv iflosligi sabab turli kasalliklarga uchrab nobud bo’ladi.

70 ortiq davlatda 1 millarddan ortiq aholi ichimlik suviga zor.

BMT hisobotiga ko’ra, inson turmushi bilan bog’liq bugungi muammolarning 78 foizi aynan ob-hayot bilan bog’liq.

Shu singari mavzular ko'tarilgan konferensiya, ayrim kuzatuvchilar nazarida, respublika hukumati kutgan natijani bermadi.

Chunki Tojikiston bu yerda asosan O’zbekiston bilan mavjud kelishuvmovchiliklar muhokama qilinadi deb umid qilgan edi.

Toshkentdan esa iqtidorli mehmonlar kelmadi, deydi mahalliy ekspert Valentina Doronina. Rasmiy bayonotlar qilindi xolos.

Yig'inda prezident Imomali Rahmon so'zladi. Shuningdek, UNESCO, Birlashgan Millatlar ta'lim, ilm-fan va madaniyat tashkiloti, rahbari Irina Bokova ham gapirdi. Har ikki nutqda ob-hayot taqsimoti hamjihatlikka asoslanishi lozim deya qayd etildi.

Rahmon mamlakat suv bo'yicha hamma bilan hamkorlikka tayyor deya qayta-qayta takrorladi, lekin Tojikiston ob-hayot va undan olinadigan quvvatga ham muhtoj ekanini eslatdi.

Toshkent
Toshkent
O'zbekiston Qishloq xo'jaligi va suv resurslari vaziri o'rinbosari Shavkat Hamroyev shuni ta'kidladiki, har qanday hamkorlik xalqaro qonunlarga asoslanishi va mavjud boyliklardan oqilona foydalanish kerak. Qo'shni o'lkalarga zarar keltiradigan loyihalarga qo'l urmaslik lozim, dedi Hamroyev.

Tojikiston rejalagan yirik suv inshootlari O'zbekiston nazarida mintaqa ekologiyasi va turmushiga xavf soladi hamda qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat ta'minotiga tahdiddir. Rahmon ma'muriyati esa Rog'undek yangi GES mamlakat uchun energetik mustaqillik olib keladi.

Afg’oniston hukumati vakili Sultonmahmud Na’mudiy Tojikiston va Afg’oniston orasidan o’tib, Amudaryoga quyiladigan Panj daryosi ahamiyatini tilga olarkan, quyi oqimda joylashgan davlatlar bilan hamkorlik yo’lidan borish kerak, deydi.

Aloqani yaxshilamasdan iloj yo’q, deydi afg’on rasmiysi.

Rog'un GESi tashviqoti
Rog'un GESi tashviqoti
Konferensiya ishtirokchilari yana bir narsaga urg’u berdi: suv havzalari hech bir davlatga siyosiy ustunlik bermasliigi kerak, jahon hamjamiyati o’zboshimcha loyihalarni ma’qullamasligi kerak.

Kuzatuvchilar deydiki, masala bir anjumanda hal etilmaydi. Yechim uchun siyosiy iroda zarur.

Erondan gidrotexnik mutaxassis Muhammad Rizo fikricha mintaqa mutaxassislari birlashib, siyosatchilarga bir ovoz bilan murojaat qilishi kerak.

“Tojikiston ulkan suv zaxiralariga ega, daryolar quyida turgan qo’shnilar bir-birlarini tushunib, hamkorlik qiladi deb umid qilamiz“,- deydi Eron vakili.

Mahalliy gidroenergetik muhandis Akmal Isomatdinov nazarida esa Tojikiston televideniyesining barcha kanallari ikki kun to’xtovsiz ko’rsatgan “oliy darajadagi xalqaro anjuman” xo’jako’rsinga o’tkazilgandek. Quruq gapdan chetga o’tilmadi.
XS
SM
MD
LG