Breaking News

Tojikiston-Eron aloqalari mustahkam ekan, G'arb siyosati tanqid ostida


AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton 2011-yilning oktabrida Tojikistonga borganida, prezident Imomali Rahmon uni o'z dala hovlisida mehmon qilgan
AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton 2011-yilning oktabrida Tojikistonga borganida, prezident Imomali Rahmon uni o'z dala hovlisida mehmon qilgan

G’arbning qattiq sanksiyalariga uchragan Eron ayniqsa tili, madaniyati bir Afg’oniston va Tojikiston bilan tijoriy, siyosiy aloqani mustahkamlashga harakat qilmoqda.

Eron va Tojikiston rahbarlari tez-tez uchrashib turadi
Eron va Tojikiston rahbarlari tez-tez uchrashib turadi
Islomiy respublikaga nisbatan joriy etilgan iqtisodiy cheklovlar haqida Tojikiston jamoatchiligi orasida har xil fikrlar mavjud. Kimdir G’arb nima buyursa shu desa, boshqalar jazo bilan bu davlatni tiz cho’ktirib bo’lmaydi, deydi.

Eron yadroviy dasturi nafaqat unga qo’shni mamlakatlar, balki jahonning qudratli davlatlarini ham tashvishga solayotgan bir paytda Tojikistonda ko’plab ziyolilar G’arb siyosatini qoralamoqda.

Eron va Iroqda ishlab kelgan tojik jurnalisti Jamil Solehning fikricha, Eronga nisbatan iqtisodiy cheklovlar foyda bermaydi.

“Jahonning qudratli davlatlari tomonidan Eronga qarshi joriy etilayotgan cheklovlar dunyo islomiy kuchlarini qo’rqitib qo’yish uchun qilanayotgan harakat xolos”,- deydi u.

G'arb musulmon xalqlarga bosim o'tkazishga o'rgangan, deydi dindorlar
G'arb musulmon xalqlarga bosim o'tkazishga o'rgangan, deydi dindorlar
“G’arb mamlakatlari shuni bilib qo’yishlari lozim bo’ladiki, Eron iqtisodi ancha ilgarilb ketgan va kim-qaysidir mamlakatlarning bozoriga muhtoj bo’lib qolgan emas. Mening nazarimda, vatanparvarligi Liviya yoki Irogdagidan kuchliroq bo’lgan Eronni iqtisodiy qamal bilan tiz cho’ktirib bo’lmaydi”.

Aytish joiz, asosiy daromadi qora oltindan keladigan Eronda inflyatsiya yuqori, 16 foizdan oshgan. Ishsizlik, hukumat bergan ma'lumotlarga ko'ra, 12 foizni tashkil etadi. Davlat tashqi qarzi 15 milliard dollarga yaqin.

Tojikiston islom uyg’onish partiyasi Xo’jand shahar bo’limi raisi Dadajon Yoqubov fikricha, Eronning yadro quroliga ega bo’lish xavfi sabab birinchi iyundan joriy etilishi nazarda tutilayotgan iqtisodiy cheklovlar asossizdir.

“Eron yadroviy loyihasi faqat iqtisodiy yo’nalishga ega”,- deydi arbob.

“G’arb Eonga yolg’ondan iqtisodiy va siyosiy hujum qilmoqda. Negaki, Amerika, Fransiya va Angliyaning Forr ko’rfaziga hech qanday aloqasi yoq. Eron neftini G’arb olmasa, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya oladi. Ana shu vaqtda bizning Tojikiston ham Eron bilan iqtisodiy aloqada bo’lishi kerak. Negaki, biz bir millatdek gap. Shuning uchun men xohlardimki, Tojikiston xalqi shu iqtisodiy sanksiyaga doimo qarshi bo’lishi shart va zarur”.

Tojikistonlik taniqli o’zbek yozuvchisi va shoiri Ahli Rasul Muhammad nazarida joriy etilayotgan cheklovlar nafaqat Eron, balki G’arb davlatlariga ham iqtisodiy zarar keltiradi.

“Chunki, Eronning iqtisodiy potensiali nihoyatda kuchli. Cheklov joriy etayotganlarning o’zlariga zarar bo’ladi, ularga zarar bo’lsa demak, bu zarar dunyoning boshqa mamlakatlariga ham iqtisodiy jihatdan ta’sir ko’rsatadi”.

Tojikiston hukumati g'arb bilan ham, sharq bilan ham do'stona aloqada ekanini ta'kidlab keladi
Tojikiston hukumati g'arb bilan ham, sharq bilan ham do'stona aloqada ekanini ta'kidlab keladi
Mahalliy ziyolilar shu tarzda fikrlar ekan, rasmiy hukumat pozisiyasi qanday bo’lishi mumkin?

Aksariyat ziyolilarning bu boradagi mulohazalari deyarli bir xil.

Ya’ni, “Tojikiston hukumati G’arb tutgan yo’lga qarshi turolmaydi”.

Yoqubovning aytishicha, Tojikiston hukumati betaraf qolishi mumkin.

Negaki, deydi u, dunyoda Rossiya va Amerika kuchli mamlakatlar. Tojikiston masalaga aralashmagani ma’qul.

“Tojikiston va boshqa kichik mamlakatlar bu davlatlarning maslahatisiz ish qilolmaydi. Nimaga? Mana esga olsangiz, ikki uchuvchi voqeasi… Ular 8 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. Lekin bosim qilishgach, boshqatdan sud qilib javob berishdi. Shu singari katta davlatlarning ta’siri albatta bo’ladi”.

Mahalliy rus jurnalisti Lenura Mustafaeva siyosat nozik va ikkiyuzlama masala deydi.

“Bizning hukumatimiz ham kamu-tun ikkiyuzlama siyosat olib boradi. Shu bilan birga Eron mintaqada anchagina katta mavqega egaligini ham unutmaslik kerak”.

Mahalliy rasmiylardan biri shunday deydi: “Biz yuqoridan nima desalar shuni bajarishga odatlanganmiz. Eron bizni mandarin bilan boqarmidi? G’arb nima desa ana shu bo’ladi”.

XS
SM
MD
LG