Eron Tojikistonda elektrostansiyalar qurishda ko’maklashyapti

  • Amerika Ovozi

Tojikiston hukumati yangi gidrostansiyalar qurish qarorida qat'iy. Omma buni quvvatlaydi, deydi rasmiylar.

Tojikiston hukumati yangi gidrostansiyalar qurish qarorida qat'iy. Omma buni quvvatlaydi, deydi rasmiylar.

Eron Markaziy Osiyoda ta’sirini oshirish harakatida. Ayniqsa Tojikiston bilan yaqin iqtisodiy, madaniy aloqalarga ega.

Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejod ikki mamlakatni “bir tanu bir jon” deydi.

Shu yilning sentabr oyida Dushanbega safar qilib, prezident Emomali Rahmon bilan uchrashgan. Eron sarmoyasi bilan qurilgan Sangto’da-2 gidroelekrostansiyasini ishga tushirish marosimida qatnashgan edi.

Kelasi yillar ichida birgalikda yana bir necha kichik elektrostansiyalar qurish ko’zlangan. Eron Tojikistonga yotqizgan sarmoya hajmi bo’yicha Xitoydan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Eron matbuotiga ko’ra, Tojikiston bilan savdo aylanmasi 200 million dollardan ziyod.

Tojikiston hukumati qoshidagi strategik tadqiqotlar markazi direktori o’rinbosari Sayfullo Safarovning aytishicha, energetika, savdo va madaniy hamkorlik bobida manfaatlar mushtarak.

Eron Tojikistonda elektrostansiyalar qurishda ko’maklashyapti

Eron Tojikistonda elektrostansiyalar qurishda ko’maklashyapti

Ammo Eron Rossiya o’rnini, Rossiya esa Eron o’rnini bosa olmaydi, deydi Tojikiston Islomiy Uyg’onish partiyasi rahbari Muhiddin Kabiriy.

“Tojikiston bilan munosabatlarda har ikki davlatning o’z o’rni, o’z ahamiyati bor. Masalan, Rossiyada bir milliondan ziyod fuqarolarimiz ishlab, non topayapti”.

Blogger va jurnalist Zafar Abdullayev Tojikiston va Eron bora-bora vizasiz tartibga o’tishi, umumiy bozor yaratishiga ishonadi. Lekin, deydi u, buning uchun Eron demokratiya tomon kichik bo’lsada qadamlar tashlashi, xalqaro hamjamiyat bilan kelishib ishlashni o’rganishi kerak.

Bu ittifoqchilik munosabatlari kengayishiga yo’l ochgan bo’lardi, deydi Abdullayev.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG