Tojikiston uchuvchilarni qo’yib yubordi

  • Amerika Ovozi

Tojikiston uchuvchilarni qo’yib yubordi

Tojikiston uchuvchilarni qo’yib yubordi

Tojikiston sudi rossiyalik ikki uchuvchini qo’yib yuborgach, endi Kreml bilan oradagi ziddiyat tinishi kutilmoqda.

Rossiyalik Vladimir Sadovnichiy va Estoniya fuqarosi Aleksey Rudenko bugun ozod qilindi.

Uchuvchilar ushlangandan keyin Rossiya tojikistonlik yuzlab ishchi migrantlarni hibsga olib, vataniga deportatsiya qila boshlagan edi.

Sadovnichiy va Rudenko Afg’onistondan Rossiyaga qaytayotib, yonilg’i izlab, samolyotlarini Tojikistonda qo’ndirgan edi.

Ular chegarani noqonuniy kesib o’tganlik va kontrabandada aybdor topildi.

Tojikiston iqtisodiyoti Rossiyada ishlayotgan fuqarolari puliga suyanadi. Tojikistonliklar o’z navbatida Rossiya uchun arzon ishchi kuchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG